OLIMJON RAHMONOVОЛИМЖОН РАҲМОНОВ
1919, Namangan shahri — 9. 01. 1995, Uchqo‘rg‘on1919, Наманган шаҳри — 9. 01. 1995, Учқўрғон
(1919, Namangan shahri — 9. 01. 1995, Uchqo‘rg‘on) — muallim, rahbar-xodim, 1932 yilda Namangan shahri 2-o‘rta maktabda kashshoflar etakchisi bo‘lib ishlay boshlagan. 1939 yilda shu erda muallimlar bilim yurtini bitirdi. 1940 yildan harbiy xizmatda. 1942 yilda 1-Ukraina frontida yaralanib qaytadi. So‘ng ona shahrida artel boshlig‘i, shahar firqa qo‘mitasida yo‘riqchi bo‘lib ishlagan (1943-46). 1948 yildan boshlab Uchqo‘rg‘on tumanida, 34 yil mobaynida tuman firqa qo‘mitasida bo‘lim mudiri, kotib, ijroqo‘m raisi va muovini lavozimlarida ishlab, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xalqning turmush madaniyatini yuksaltirishda katta xizmatlar qildi. Olimjon Rahmonov tashabbusi bilan tumanda qator o‘quv, madaniy-maishiy binolar, yo‘l, ko‘priklar qurilgan, bog‘lar barpo etilgan. 1982 yildan mehnat faxriysi bo‘lganiga qaramay, 1-o‘rta maktabga rahbarlik qildi. So‘ngra tuman faxriylar kengashiga rais bo‘lib ishladi. Bu davrda u Uchqo‘rg‘on tumani va xalqi tarixini o‘rganib, qimmatli ma’lumotlar yig‘di. Ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun «Mehnat Qizil bayroq», «Hurmat belgisi» ordeni, «Jasorati uchun», «Jasorat» kabi o‘nlab jangovar va mehnat medallari, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Uchqo‘rg‘on shahri, «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1919, Наманган шаҳри — 9. 01. 1995, Учқўрғон) — муаллим, раҳбар-ходим, 1932 йилда Наманган шаҳри 2-ўрта мактабда кашшофлар етакчиси бўлиб ишлай бошлаган. 1939 йилда шу ерда муаллимлар билим юртини битирди. 1940 йилдан ҳарбий хизматда. 1942 йилда 1-Украина фронтида яраланиб қайтади. Сўнг она шаҳрида артель бошлиғи, шаҳар фирқа қўмитасида йўриқчи бўлиб ишлаган (1943-46). 1948 йилдан бошлаб Учқўрғон туманида, 34 йил мобайнида туман фирқа қўмитасида бўлим мудири, котиб, ижроқўм раиси ва муовини лавозимларида ишлаб, туманнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишига, халқнинг турмуш маданиятини юксалтиришда катта хизматлар қилди. Олимжон Раҳмонов ташаббуси билан туманда қатор ўқув, маданий-маиший бинолар, йўл, кўприклар қурилган, боғлар барпо этилган. 1982 йилдан меҳнат фахрийси бўлганига қарамай, 1-ўрта мактабга раҳбарлик қилди. Сўнгра туман фахрийлар кенгашига раис бўлиб ишлади. Бу даврда у Учқўрғон тумани ва халқи тарихини ўрганиб, қимматли маълумотлар йиғди. Кўп йиллик самарали меҳнатлари учун «Меҳнат Қизил байроқ», «Ҳурмат белгиси» ордени, «Жасорати учун», «Жасорат» каби ўнлаб жанговар ва меҳнат медаллари, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Учқўрғон шаҳри, «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.