UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ORZIQUL XO‘JAQULOVОРЗИҚУЛ ХЎЖАҚУЛОВ

1929, Andijon viloyati Shahrixon tumani, Naynavo qishlog‘i1929, Андижон вилояти Шаҳрихон тумани, Найнаво қишлоғи

ОРЗИҚУЛ ХЎЖАҚУЛОВ
(1929, Andijon viloyati Shahrixon tumani, Naynavo qishlog‘i) — huquqshunos. Mehnat faoliyatini oddiy kolxozchilikdan boshlagan. 1945-50 yillarda Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida o‘qituvchilik qilgan. Toshkent huquq institutini bitirgach (1954), 1965 yilgacha Bo‘z tumanida va so‘ngra Uchqo‘rg‘on (1965-87), Pop (1987-90) tumanlarida xalq sudining raisi vazifasida ishlagan. 1990 yildan Uchqo‘rg‘on tuman Agrosanoat uyushmasida huquqiy bo‘lim boshlig‘i. «Mehnat Qizil bayroq» ordeni (1977), respublika hukumatining qator faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan, mehnat faxriysi. Tajribali, teran bilimli huquqshunos, el-yurtning osoyishta hayotini ta’minlash, jinoyatchilikni kamaytirish, adolat barqarorligini saqlash borasida ko‘p yillik xizmatlari bor.
(1929, Андижон вилояти Шаҳрихон тумани, Найнаво қишлоғи) — ҳуқуқшунос. Меҳнат фаолиятини оддий колхозчиликдан бошлаган. 1945-50 йилларда Шаҳрихон, Қўрғонтепа туманларида ўқитувчилик қилган. Тошкент ҳуқуқ институтини битиргач (1954), 1965 йилгача Бўз туманида ва сўнгра Учқўрғон (1965-87), Поп (1987-90) туманларида халқ судининг раиси вазифасида ишлаган. 1990 йилдан Учқўрғон туман Агросаноат уюшмасида ҳуқуқий бўлим бошлиғи. «Меҳнат Қизил байроқ» ордени (1977), республика ҳукуматининг қатор фахрий ёрлиқлари билан мукофотланган, меҳнат фахрийси. Тажрибали, теран билимли ҳуқуқшунос, эл-юртнинг осойишта ҳаётини таъминлаш, жиноятчиликни камайтириш, адолат барқарорлигини сақлаш борасида кўп йиллик хизматлари бор.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.