RIShAD KAIPOVРИШАД КАИПОВ
19. 12. 1918, Ryazan viloyati, Ermeninsk tumani, Azeevo qishlog‘i19. 12. 1918, Рязан вилояти, Ерменинск тумани, Азеево қишлоғи
(19. 12. 1918, Ryazan viloyati, Ermeninsk tumani, Azeevo qishlog‘i) — haydovchi, urush va mehnat faxriysi. Qo‘g‘ayda (1934), paxta zavodida (1935-39) hisobchi. 1939-46 yillarda armiya safida, Eston, Volxovsk frontlarida, ichki ishlar qo‘shinlarida nemis fashistlariga qarshi jang qilgan. 2 marta og‘ir yaralangan. Urushdagi jasorati «Vatan urushi» ordeni, «Jasorati uchun» medali bilan taqdirlangan. Urushdan keyin «O‘zpaxtatrans» avtokolonnasida haydovchi (1947-54), direktor (1954), 1-avtokolonna boshlig‘i (1955-58), 38-avtokolonnada haydovchi (1958-79) bo‘lib ishladi. Tinchlik davridagi uzoq yillik samarali mehnatlari uchun «Hurmat belgisi» ordeni va hukumatning qator faxriy yorliqlariga sazovor bo‘ldi.
(19. 12. 1918, Рязан вилояти, Ерменинск тумани, Азеево қишлоғи) — ҳайдовчи, уруш ва меҳнат фахрийси. Қўғайда (1934), пахта заводида (1935-39) ҳисобчи. 1939-46 йилларда армия сафида, Эстон, Волховск фронтларида, ички ишлар қўшинларида немис фашистларига қарши жанг қилган. 2 марта оғир яраланган. Урушдаги жасорати «Ватан уруши» ордени, «Жасорати учун» медали билан тақдирланган. Урушдан кейин «Ўзпахтатранс» автоколоннасида ҳайдовчи (1947-54), директор (1954), 1-автоколонна бошлиғи (1955-58), 38-автоколоннада ҳайдовчи (1958-79) бўлиб ишлади. Тинчлик давридаги узоқ йиллик самарали меҳнатлари учун «Ҳурмат белгиси» ордени ва ҳукуматнинг қатор фахрий ёрлиқларига сазовор бўлди.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.