UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ROBAXON HUSANOVAРОБАХОН ҲУСАНОВА

14. 04. 1939, Uchqo‘rg‘on shahri14. 04. 1939, Учқўрғон шаҳри

РОБАХОН ҲУСАНОВА
(14. 04. 1939, Uchqo‘rg‘on shahri) — kutubxonachi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Sobiq Stalin nomli (1956-62) va «Hamza» (1962-64) qishloq sho‘rolarida o‘quv zali mudiri, tuman madaniyat uyida inspektor (1964-66), tuman kutubxonasining mudiri (1966-76), markazlashgan kutubxona tizimi direktori (1976-94), direktor o‘rinbosari (1994 yildan). Sobiq Ittifoq, respublika, viloyat miqyosidagi ko‘plab rahbar tashkilotlarning o‘nlab faxriy yorliqlari, medallar, musobaqa g‘olibi nishonlari bilan taqdirlangan. Robaxon Husanova mehnat faoliyati davomida xalqqa ma’rifat tarqatish, tuman kutubxonalari jamg‘armasini to‘ldirib borish, ommaviy tadbirlar o‘tkazish va boshqa sohalarda tashkilotchilik qilgan, yoshlarning sevimli murabbiysi.
(14. 04. 1939, Учқўрғон шаҳри) — кутубхоначи, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими (1968). Собиқ Сталин номли (1956-62) ва «Ҳамза» (1962-64) қишлоқ шўроларида ўқув зали мудири, туман маданият уйида инспектор (1964-66), туман кутубхонасининг мудири (1966-76), марказлашган кутубхона тизими директори (1976-94), директор ўринбосари (1994 йилдан). Собиқ Иттифоқ, республика, вилоят миқёсидаги кўплаб раҳбар ташкилотларнинг ўнлаб фахрий ёрлиқлари, медаллар, мусобақа ғолиби нишонлари билан тақдирланган. Робахон Ҳусанова меҳнат фаолияти давомида халққа маърифат тарқатиш, туман кутубхоналари жамғармасини тўлдириб бориш, оммавий тадбирлар ўтказиш ва бошқа соҳаларда ташкилотчилик қилган, ёшларнинг севимли мураббийси.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.