UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ROZIYa IBROHIMOVAРОЗИЯ ИБРОҲИМОВА

22. 07. 1933, Tatariston Respublikasi, Almat tumani, Sulay ovuli22. 07. 1933, Татаристон Республикаси, Алмат тумани, Сулай овули

РОЗИЯ ИБРОҲИМОВА
(22. 07. 1933, Tatariston Respublikasi, Almat tumani, Sulay ovuli) — olim-zootexnik. Qashqadaryo qishloq xo‘jaligi texnikumini (1950), Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini (1955) tugatgan. Qo‘g‘ay davlat xo‘jaligida zootexnik, bosh zootexnik (1955-64), partiya tashkilotining kotibasi (1964-73 va 1980-88), Norin tumani partiya qo‘mitasi kotibasi (1973-80), Qo‘g‘ay davlat xo‘jaligi «Shon-shuhrat uyi» mudirasi (1988-93) bo‘lib ishlagan. «Hurmat belgisi» ordeni (1973), «Shavkatli mehnati uchun» va boshqa medallar, O‘zbekiston Oliy Sovetining faxriy yorliqlari (3 marta), «Mustaqillik» nishoni kabi mukofotlar sohibi. Roziya Ibrohimovaning tumanda, xususan Qo‘g‘ay davlat xo‘jaligida chorvachilikni yuksaltirishda, keyinroq esa Norin tumanining iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida katta xizmatlari bor. U tumanda «Shon-shuhrat uylari»ni tashkil etishda faol ishtirok etgan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan.
(22. 07. 1933, Татаристон Республикаси, Алмат тумани, Сулай овули) — олим-зоотехник. Қашқадарё қишлоқ хўжалиги техникумини (1950), Самарқанд қишлоқ хўжалиги институтини (1955) тугатган. Қўғай давлат хўжалигида зоотехник, бош зоотехник (1955-64), партия ташкилотининг котибаси (1964-73 ва 1980-88), Норин тумани партия қўмитаси котибаси (1973-80), Қўғай давлат хўжалиги «Шон-шуҳрат уйи» мудираси (1988-93) бўлиб ишлаган. «Ҳурмат белгиси» ордени (1973), «Шавкатли меҳнати учун» ва бошқа медаллар, Ўзбекистон Олий Советининг фахрий ёрлиқлари (3 марта), «Мустақиллик» нишони каби мукофотлар соҳиби. Розия Иброҳимованинг туманда, хусусан Қўғай давлат хўжалигида чорвачиликни юксалтиришда, кейинроқ эса Норин туманининг иқтисодий тараққиёти йўлида катта хизматлари бор. У туманда «Шон-шуҳрат уйлари»ни ташкил этишда фаол иштирок этган, ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга катта ҳисса қўшган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.