UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

SADRIDDIN MELIBOEVСАДРИДДИН МЕЛИБОЕВ

15. 03. 1926, Haqqulobod shahri — 16. 09. 1974, Uchqo‘rg‘on shahri15. 03. 1926, Ҳаққулобод шаҳри — 16. 09. 1974, Учқўрғон шаҳри

САДРИДДИН МЕЛИБОЕВ
(15. 03. 1926, Haqqulobod shahri — 16. 09. 1974, Uchqo‘rg‘on shahri) — mehnat faoliyatini Uchqo‘rg‘on tumani xalq sudining kotibligidan boshlagan (1942-43). 1943-47 yillarda tuman ichki ishlar bo‘limida milisioner, 1947-51 yillarda xalq sudida ijrochi, 1951-52 yillarda tuman qo‘mitasida tashviqotchi bo‘lib ishlagan. 1955 yilda oliy partiya maktabini bitirib, Uchqo‘rg‘on tumani ijroqo‘mida mas’ul kotib (1955-57 va 1960-62), tuman firqa qo‘mitasida 2-kotib (1957-60) vazifalarida ishladi. 1962 yildan to umrining oxirigacha Uchqo‘rg‘on tumani maishiy xizmat kombinatiga rahbarlik qilgan. Qator medal va faxriy yorliqlari bor. «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(15. 03. 1926, Ҳаққулобод шаҳри — 16. 09. 1974, Учқўрғон шаҳри) — меҳнат фаолиятини Учқўрғон тумани халқ судининг котиблигидан бошлаган (1942-43). 1943-47 йилларда туман ички ишлар бўлимида милиционер, 1947-51 йилларда халқ судида ижрочи, 1951-52 йилларда туман қўмитасида ташвиқотчи бўлиб ишлаган. 1955 йилда олий партия мактабини битириб, Учқўрғон тумани ижроқўмида масъул котиб (1955-57 ва 1960-62), туман фирқа қўмитасида 2-котиб (1957-60) вазифаларида ишлади. 1962 йилдан то умрининг охиригача Учқўрғон тумани маиший хизмат комбинатига раҳбарлик қилган. Қатор медал ва фахрий ёрлиқлари бор. «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.