UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

SAMSOQJON JO‘RAEVСАМСОҚЖОН ЖЎРАЕВ

01. 11. 1932 — 31. 05. 1990, Uchqo‘rg‘on shahri01. 11. 1932 — 31. 05. 1990, Учқўрғон шаҳри

САМСОҚЖОН ЖЎРАЕВ
(01. 11. 1932 — 31. 05. 1990, Uchqo‘rg‘on shahri) — qishloq xo‘jaligi rahbari. Mehnat faoliyatini temirchilikdan boshlagan (1949-50). Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini bitirgach, Lenin nomli davlat xo‘jaligida bosh agronom (1955-58), tuman firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1958-60), «Moskva» jamoa xo‘jaligida rais muovini (1960-62), firqa qo‘mitasi kotibi (1961-64), tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasida bosh agronom (1966-67), tuman firqa qo‘mitasida 2-kotib (1967-74), tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasida boshliq (1974-80), Lenin nomli davlat xo‘jaligida direktor (1980-90) vazifalarida ishlagan. Ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun «Hurmat belgisi», «Mehnat Qizil Bayroq» ordenlari, medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Ishchan, tashabbuskor rahbar, paxta ustasi sifatida obro‘-e’tibor topgan edi. «Mo‘g‘» qabristoniga dafn etilgan.
(01. 11. 1932 — 31. 05. 1990, Учқўрғон шаҳри) — қишлоқ хўжалиги раҳбари. Меҳнат фаолиятини темирчиликдан бошлаган (1949-50). Самарқанд қишлоқ хўжалиги институтини битиргач, Ленин номли давлат хўжалигида бош агроном (1955-58), туман фирқа қўмитасида йўриқчи (1958-60), «Москва» жамоа хўжалигида раис муовини (1960-62), фирқа қўмитаси котиби (1961-64), туман қишлоқ хўжалиги бошқармасида бош агроном (1966-67), туман фирқа қўмитасида 2-котиб (1967-74), туман қишлоқ хўжалиги бошқармасида бошлиқ (1974-80), Ленин номли давлат хўжалигида директор (1980-90) вазифаларида ишлаган. Кўп йиллик самарали меҳнатлари учун «Ҳурмат белгиси», «Меҳнат Қизил Байроқ» орденлари, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Ишчан, ташаббускор раҳбар, пахта устаси сифатида обрў-эътибор топган эди. «Мўғ» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.