UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ABDULLAJON TOJIBOEVАБДУЛЛАЖОН ТОЖИБОЕВ

1906 — 05. 12. 1955, Yashiq1906 — 05. 12. 1955, Яшиқ

◎
(1906 — 05. 12. 1955, Yashiq) — hisobchi, rahbar-xodim. «Yashiqobod» jamoa xo‘jaligida (20-yillar), tuman savdo shirkatida hisobchi (1930-43) bo‘lib ishlagan. 1943 yildan umrining oxirigacha Uchqo‘rg‘on non korxonasiga etakchilik qilgan. Shahardagi ko‘p tarmoqli non korxonasiga asos solish, yangi binosini loyihalashtirish, qurib ishga tushirishda bosh-qosh bo‘lgan. Uning rahbarligida bu erda viloyatda birinchi qatorda non mahsulotlarining 8 turi ishlab chiqara boshlangan, qandolatchilikka asos solingan. Non korxonasini qurib ishga tushirish va undan foydalanishdagi alohida xizmatlari uchun Respublika Oliy Kengashining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. «Yashiqobod» qabristoniga dafn etilgan.
(1906 — 05. 12. 1955, Яшиқ) — ҳисобчи, раҳбар-ходим. «Яшиқобод» жамоа хўжалигида (20-йиллар), туман савдо ширкатида ҳисобчи (1930-43) бўлиб ишлаган. 1943 йилдан умрининг охиригача Учқўрғон нон корхонасига етакчилик қилган. Шаҳардаги кўп тармоқли нон корхонасига асос солиш, янги биносини лойиҳалаштириш, қуриб ишга туширишда бош-қош бўлган. Унинг раҳбарлигида бу ерда вилоятда биринчи қаторда нон маҳсулотларининг 8 тури ишлаб чиқара бошланган, қандолатчиликка асос солинган. Нон корхонасини қуриб ишга тушириш ва ундан фойдаланишдаги алоҳида хизматлари учун Республика Олий Кенгашининг фахрий ёрлиғи билан тақдирланган. «Яшиқобод» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.