UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

SOBIRJON BOZOROVСОБИРЖОН БОЗОРОВ

06. 06. 1930, Yashiq06. 06. 1930, Яшиқ

СОБИРЖОН БОЗОРОВ
(06. 06. 1930, Yashiq) — muallim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi. Stalin, Voroshilov nomli jamoa xo‘jaligida ketmonchi, brigada hisobchisi, brigadir (1942-53), 8-o‘rta maktabda kashshoflar etakchisi (1953-54), Norin tumanidagi 35-maktabda o‘qituvchi (1954-55), Uchqo‘rg‘on tumanidagi 14-maktabda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri (1955-61), direktor (1961-65, 1973-76), 12-maktabda direktor (1966-70, 1976-81), Lenin nomli jamoa xo‘jaligi firqa qo‘mitasi kotibi (1970-73), boshqaruv raisi vazifalarida ishlagan. Ko‘p yillik mehnati qator medallar, nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Sobirjon Bozorov tumanda maktab-maorif rivojini ta’minlashda katta xizmatlar qilgan. Mohir rahbar, ziyoli. U boshqargan yillari «Yashiqobod» (sobiq Lenin nomli) jamoa xo‘jaligining iqtisodi ham rivoj topdi. Qishloqlar obodonlashdi. A’zolarining turmush sharoiti yaxshilandi.
(06. 06. 1930, Яшиқ) — муаллим, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ўқитувчи. Сталин, Ворошилов номли жамоа хўжалигида кетмончи, бригада ҳисобчиси, бригадир (1942-53), 8-ўрта мактабда кашшофлар етакчиси (1953-54), Норин туманидаги 35-мактабда ўқитувчи (1954-55), Учқўрғон туманидаги 14-мактабда ўқитувчи, илмий бўлим мудири (1955-61), директор (1961-65, 1973-76), 12-мактабда директор (1966-70, 1976-81), Ленин номли жамоа хўжалиги фирқа қўмитаси котиби (1970-73), бошқарув раиси вазифаларида ишлаган. Кўп йиллик меҳнати қатор медаллар, нишонлар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Собиржон Бозоров туманда мактаб-маориф ривожини таъминлашда катта хизматлар қилган. Моҳир раҳбар, зиёли. У бошқарган йиллари «Яшиқобод» (собиқ Ленин номли) жамоа хўжалигининг иқтисоди ҳам ривож топди. Қишлоқлар ободонлашди. Аъзоларининг турмуш шароити яхшиланди.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.