UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

SOIBJON QOSIMOVСОИБЖОН ҚОСИМОВ

23. 05. 1937, Uchqo‘rg‘on shahri23. 05. 1937, Учқўрғон шаҳри

СОИБЖОН ҚОСИМОВ
(23. 05. 1937, Uchqo‘rg‘on shahri) — muhandis-iqtisodchi, aloqa ustasi. Uchqo‘rg‘on paxta zavodida mashinist (1956-59), maishiy xizmat uyida radio ustasi (1960-61), boshqarmada radiotexnik (1964-65) bo‘lib ishlagan. 1965 yildan hozirgacha tuman aloqa bo‘limi boshlig‘i. Tuman va shaharda telefon tarmoqlari qurilishi, kengaytirilishi va radio xizmatini yo‘lga qo‘yishda katta va samarali hissasi bor. U rahbarlik qilgan yillari tuman aloqa bo‘limi bir necha marta viloyat va respublikada musobaqa g‘olibi bo‘lgan. Hukumatning qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
(23. 05. 1937, Учқўрғон шаҳри) — муҳандис-иқтисодчи, алоқа устаси. Учқўрғон пахта заводида машинист (1956-59), маиший хизмат уйида радио устаси (1960-61), бошқармада радиотехник (1964-65) бўлиб ишлаган. 1965 йилдан ҳозиргача туман алоқа бўлими бошлиғи. Туман ва шаҳарда телефон тармоқлари қурилиши, кенгайтирилиши ва радио хизматини йўлга қўйишда катта ва самарали ҳиссаси бор. У раҳбарлик қилган йиллари туман алоқа бўлими бир неча марта вилоят ва республикада мусобақа ғолиби бўлган. Ҳукуматнинг қатор фахрий ёрлиқлари билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.