UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

SOLIJON OXUNJONOVСОЛИЖОН ОХУНЖОНОВ

15. 07. 1920 — 14. 06. 1983, Uchqo‘rg‘on shahri15. 07. 1920 — 14. 06. 1983, Учқўрғон шаҳри

СОЛИЖОН ОХУНЖОНОВ
(15. 07. 1920 — 14. 06. 1983, Uchqo‘rg‘on shahri) — muallim, xalq maorifi a’lochisi. Pedagogik faoliyatini Bekoboddagi 2-maktabda boshlagan. 1944 yildan to umrining oxirigacha shahardagi 7-o‘rta maktabda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri (1950-55), so‘ngra direktor vazifasida ishlagan. U rahbarlik qilgan davrda mazkur maktabning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, yangi zamonaviy bino qurildi, fan kabinetlari zamon talabi asosida jihozlandi. Solijon Oxunjonovning shogirdlari xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida samarali mehnat qilmoqdalar. U ishlagan maktab hozir Solijon Oxunjonov nomi bilan atalgan. Ustoz muallim hukumatning ko‘plab medallari va faxriy yorliqlariga sazovor bo‘lgan edi.
(15. 07. 1920 — 14. 06. 1983, Учқўрғон шаҳри) — муаллим, халқ маорифи аълочиси. Педагогик фаолиятини Бекободдаги 2-мактабда бошлаган. 1944 йилдан то умрининг охиригача шаҳардаги 7-ўрта мактабда ўқитувчи, илмий бўлим мудири (1950-55), сўнгра директор вазифасида ишлаган. У раҳбарлик қилган даврда мазкур мактабнинг моддий-техника базаси мустаҳкамланди, янги замонавий бино қурилди, фан кабинетлари замон талаби асосида жиҳозланди. Солижон Охунжоновнинг шогирдлари халқ хўжалигининг кўп соҳаларида самарали меҳнат қилмоқдалар. У ишлаган мактаб ҳозир Солижон Охунжонов номи билан аталган. Устоз муаллим ҳукуматнинг кўплаб медаллари ва фахрий ёрлиқларига сазовор бўлган эди.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.