SOTIBOLDI RAHIMOVСОТИБОЛДИ РАҲИМОВ
21. 04. 1927, Uychi tumani, Jiydakapa qishlog‘i — 17. 06. 1986, Uchqo‘rg‘on shahri21. 04. 1927, Уйчи тумани, Жийдакапа қишлоғи — 17. 06. 1986, Учқўрғон шаҳри
(21. 04. 1927, Uychi tumani, Jiydakapa qishlog‘i — 17. 06. 1986, Uchqo‘rg‘on shahri) — iqtisodchi, savdo a’lochisi. Mehnat faoliyatini Uchqo‘rg‘on umumiy ovqatlanish korxonasida shogird-sotuvchilikdan boshlagan. 1950-58 yillarda oziq-ovqat do‘koni mudiri, 1958-62 yillarda Uchqo‘rg‘on umumiy ovqatlanish korxonasida direktor, 1962-63 va 1985-86 yillarda non kombinati direktori, 1964-75 yillarda tuman va 1975-84 yillarda II matlubot jamiyati raisi, 1984-85 yillarda umumiy ovqatlanish korxonasida rahbar bo‘lib ishlagan. Tumanda savdo shoxobchalari qurilishi, kengaytirilishida uzoq vaqt samarali mehnat qilgan tajribali tashkilotchi. Ko‘p yillik xizmatlari qator medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Qabri Uchqo‘rg‘on shahri «Birodarlik» qabristonida.
(21. 04. 1927, Уйчи тумани, Жийдакапа қишлоғи — 17. 06. 1986, Учқўрғон шаҳри) — иқтисодчи, савдо аълочиси. Меҳнат фаолиятини Учқўрғон умумий овқатланиш корхонасида шогирд-сотувчиликдан бошлаган. 1950-58 йилларда озиқ-овқат дўкони мудири, 1958-62 йилларда Учқўрғон умумий овқатланиш корхонасида директор, 1962-63 ва 1985-86 йилларда нон комбинати директори, 1964-75 йилларда туман ва 1975-84 йилларда II матлубот жамияти раиси, 1984-85 йилларда умумий овқатланиш корхонасида раҳбар бўлиб ишлаган. Туманда савдо шохобчалари қурилиши, кенгайтирилишида узоқ вақт самарали меҳнат қилган тажрибали ташкилотчи. Кўп йиллик хизматлари қатор медал ва фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Қабри Учқўрғон шаҳри «Биродарлик» қабристонида.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.