UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TELMAN INOMOVТЕЛЬМАН ИНОМОВ

02. 11. 1941, Qo‘g‘ayo‘lmas qishlog‘i02. 11. 1941, Қўғайўлмас қишлоғи

ТЕЛЬМАН ИНОМОВ
(02. 11. 1941, Qo‘g‘ayo‘lmas qishlog‘i) — muhandis-mirob. Qo‘g‘ay davlat xo‘jaligida o‘nboshi, gidrotexnik (1959-62), Uchqo‘rg‘on davlat xo‘jaligida muhandis, bosh muhandis-mirob, bo‘lim boshqaruvchisi (1962-72), direktor o‘rinbosari (1979-80), SMUda boshliq, bosh muhandis (1972-79), Qo‘g‘ay davlat xo‘jaligida bosh muhandis-mirob (1980-85), Popdagi «Pop» davlat xo‘jaligida direktor (1982-92), Uchqo‘rg‘on tumani Agrosanoat uyushmasi raisi (1992-93) bo‘lib ishlagan. 1994 yildan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari. Telman Inomov mehnat faoliyati davrida Uchqo‘rg‘on dashtlarini o‘zlashtirish, yo‘l-ko‘prik qurilishi inshootlarini qurish, qator davlat xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta mehnati singgan inson. Uychi nasos stansiyasi, M-1, M-2 kanallari va boshqa gidrotexnika inshootlari qurilishida, shahar va qishloqlarni obodonlashtirishda, «Pop» davlat xo‘jaligi ekinzorlarining meliorativ holatini yaxshilash, hosildorlikni oshirish, 1984 yildagi Pop zilzilasi oqibatlarini tugatish, yangi uy-joylar barpo etishda ham katta xizmatlar qilgan.
(02. 11. 1941, Қўғайўлмас қишлоғи) — муҳандис-мироб. Қўғай давлат хўжалигида ўнбоши, гидротехник (1959-62), Учқўрғон давлат хўжалигида муҳандис, бош муҳандис-мироб, бўлим бошқарувчиси (1962-72), директор ўринбосари (1979-80), СМУда бошлиқ, бош муҳандис (1972-79), Қўғай давлат хўжалигида бош муҳандис-мироб (1980-85), Попдаги «Поп» давлат хўжалигида директор (1982-92), Учқўрғон тумани Агросаноат уюшмаси раиси (1992-93) бўлиб ишлаган. 1994 йилдан туман ҳокимининг биринчи ўринбосари. Тельман Иномов меҳнат фаолияти даврида Учқўрғон даштларини ўзлаштириш, йўл-кўприк қурилиши иншоотларини қуриш, қатор давлат хўжаликларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланишига катта меҳнати сингган инсон. Уйчи насос станцияси, М-1, М-2 каналлари ва бошқа гидротехника иншоотлари қурилишида, шаҳар ва қишлоқларни ободонлаштиришда, «Поп» давлат хўжалиги экинзорларининг мелиоратив ҳолатини яхшилаш, ҳосилдорликни ошириш, 1984 йилдаги Поп зилзиласи оқибатларини тугатиш, янги уй-жойлар барпо этишда ҳам катта хизматлар қилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.