UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TOJIDDIN JABBOROVТОЖИДДИН ЖАББОРОВ

01. 07. 1934 — 07. 11. 1991, Namangan shahri01. 07. 1934 — 07. 11. 1991, Наманган шаҳри

ТОЖИДДИН ЖАББОРОВ
(01. 07. 1934 — 07. 11. 1991, Namangan shahri) — muhandis-texnolog. Namangan paxta zavodida usta yordamchisi, usta (1958-59), tayyorlash korxonasida muhandis (1960), To‘raqo‘rg‘on tumani «Gigant» jamoa xo‘jaligida muhandis (1960-63), Uchqo‘rg‘on paxta zavodida bosh muhandis va direktor (1963-84), Namangan paxta tayyorlash sanoati birlashmasi boshlig‘i (1984-86), so‘ngra yana Uchqo‘rg‘on paxta zavodida bosh muhandis (1986-91) bo‘lib ishlagan. Hukumatning qator medal va faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Tumanda paxta sanoatini rivojlantirish, yangi korxonalar barpo etish, ularga zamonaviy jihoz-uskunalar o‘rnatish kabi sohalarning boshida turgan jonkuyar rahbar, yuqori malakali mutaxassis edi. Qabri Namangan shahri qabristonida.
(01. 07. 1934 — 07. 11. 1991, Наманган шаҳри) — муҳандис-технолог. Наманган пахта заводида уста ёрдамчиси, уста (1958-59), тайёрлаш корхонасида муҳандис (1960), Тўрақўрғон тумани «Гигант» жамоа хўжалигида муҳандис (1960-63), Учқўрғон пахта заводида бош муҳандис ва директор (1963-84), Наманган пахта тайёрлаш саноати бирлашмаси бошлиғи (1984-86), сўнгра яна Учқўрғон пахта заводида бош муҳандис (1986-91) бўлиб ишлаган. Ҳукуматнинг қатор медал ва фахрий ёрлиқлари билан тақдирланган. Туманда пахта саноатини ривожлантириш, янги корхоналар барпо этиш, уларга замонавий жиҳоз-ускуналар ўрнатиш каби соҳаларнинг бошида турган жонкуяр раҳбар, юқори малакали мутахассис эди. Қабри Наманган шаҳри қабристонида.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.