TURSUNBOY OXUNOVТУРСУНБОЙ ОХУНОВ
1909 — 05. 06. 1978, Uchqo‘rg‘on1909 — 05. 06. 1978, Учқўрғон
(1909 — 05. 06. 1978, Uchqo‘rg‘on) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom. Farg‘ona viloyati Molotov nomli jamoa xo‘jaligida (1932–33), Andijon viloyati Paxtaobod tumanida (1933–38) uchastka agronomi bo‘lib ishladi. 1938–49 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani tayyorlov bo‘limida, 1949–53 yillarda To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi bo‘limida, shu tuman MTSda (1953–58) bosh agronom, qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i (1958–59), Norin tumani firqa qo‘mitasining 2-kotibi (1959–61), Uchqo‘rg‘on tumani Lenin nomli davlat xo‘jaligida (1962–76) agronom vazifasida xizmat qildi. Lenin ordeni, «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» va boshqa medallar bilan mukofotlangan. Viloyat va tumanda qishloq xo‘jaligiga agrotexnika qoidalarini joriy etish, dehqonchilik madaniyatini ko‘tarishning jonkuyar tashkilotchisi, o‘z kasbining ustasi edi.
(1909 — 05. 06. 1978, Учқўрғон) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган агроном. Фарғона вилояти Молотов номли жамоа хўжалигида (1932–33), Андижон вилояти Пахтаобод туманида (1933–38) участка агрономи бўлиб ишлади. 1938–49 йилларда Учқўрғон тумани тайёрлов бўлимида, 1949–53 йилларда Тўрақўрғон қишлоқ хўжалиги бўлимида, шу туман МТСда (1953–58) бош агроном, қишлоқ хўжалиги инспекцияси бошлиғи (1958–59), Норин тумани фирқа қўмитасининг 2-котиби (1959–61), Учқўрғон тумани Ленин номли давлат хўжалигида (1962–76) агроном вазифасида хизмат қилди. Ленин ордени, «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун» ва бошқа медаллар билан мукофотланган. Вилоят ва туманда қишлоқ хўжалигига агротехника қоидаларини жорий этиш, деҳқончилик маданиятини кўтаришнинг жонкуяр ташкилотчиси, ўз касбининг устаси эди.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.