UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TURSUNBOY TEMIROVТУРСУНБОЙ ТЕМИРОВ

13. 12. 1942, Shaxrixonchek13. 12. 1942, Шахрихончек

ТУРСУНБОЙ ТЕМИРОВ
(13. 12. 1942, Shaxrixonchek) — muallim, xalq maorifi a’lochisi (1988), 1966 yilda NDPIni bitirgan. 1959-61 yillarda «Leninchi» jamoa xo‘jaligida ishlagan. T.T. butun umrini tumandagi maktablarda yoshlarga o‘zbek tili va adabiyoti fanidan ta’lim berishga baxshida qilgan, xalq ta’limi rivojiga halol mehnati bilan katta hissa qo‘shgan. U tumandagi 35 (1961-67), 19 (1977-78), 20 (1967-77 va, 1978 yildan)— maktablarda qariyb 35 yildan beri ustozlik qilib kelmoqda. U oliy toifali o‘qituvchi, yuzlab shogirdlar etishtirgan jonkuyar ustozdir
(13. 12. 1942, Шахрихончек) — муаллим, халқ маорифи аълочиси (1988), 1966 йилда НДПИни битирган. 1959-61 йилларда «Ленинчи» жамоа хўжалигида ишлаган. Т.Т. бутун умрини тумандаги мактабларда ёшларга ўзбек тили ва адабиёти фанидан таълим беришга бахшида қилган, халқ таълими ривожига ҳалол меҳнати билан катта ҳисса қўшган. У тумандаги 35 (1961-67), 19 (1977-78), 20 (1967-77 ва, 1978 йилдан)— мактабларда қарийб 35 йилдан бери устозлик қилиб келмоқда. У олий тоифали ўқитувчи, юзлаб шогирдлар етиштирган жонкуяр устоздир

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.