UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TURSUNOY MAMEDOVAТУРСУНОЙ МАМЕДОВА

14. 10. 1941, Uchqo‘rg‘on shahri14. 10. 1941, Учқўрғон шаҳри

◎
(14. 10. 1941, Uchqo‘rg‘on shahri) — aktrisa, ashulachi, O‘zbekiston xalq artisti (1991), o‘qituvchilik chog‘laridan badiiy havaskorlik jamoalarida qatnashgan. Namangan viloyat teatrida (1957-62, 1972 yildan), Muqimiy nomli davlat musiqali drama teatrida (1962-72) aktrisa bo‘lib ishladi. Teatrda Asal («Sarvqomat dilbarim»), Xalcha («Nurxon»), Muhabbat («Olifta»), Kleya («Ezop»), Vasilutsa («Kase Mare»), Gulshan («Guli siyoh»), Zulayxo («Yusuf va Zulayxo»), videofilmlarda Qutlug‘ Nigorbegim («Bobur»), Boyning xotini («Kecha va kunduz») kabi o‘nlab barkamol obrazlar yaratgan. O‘ziga xos tembrli xushovoz xonanda, «Visoling gulshani», «Ishqingni avayla», «Laylomisan sen?», «Hanuz» kabi lirik taronalarni mahorat bilan ijro etgan. Tursunoy Mamedova xalq folklor qo‘shiqlarining, yallalarining iste’dodli ijrochisi sifatida ham mashhurdir.
(14. 10. 1941, Учқўрғон шаҳри) — актриса, ашулачи, Ўзбекистон халқ артисти (1991), ўқитувчилик чоғларидан бадиий ҳаваскорлик жамоаларида қатнашган. Наманган вилоят театрида (1957-62, 1972 йилдан), Муқимий номли давлат мусиқали драма театрида (1962-72) актриса бўлиб ишлади. Театрда Асал («Сарвқомат дилбарим»), Халча («Нурхон»), Муҳаббат («Олифта»), Клея («Эзоп»), Василутса («Касэ Марэ»), Гулшан («Гули сиёҳ»), Зулайхо («Юсуф ва Зулайхо»), видеофильмларда Қутлуғ Нигорбегим («Бобур»), Бойнинг хотини («Кеча ва кундуз») каби ўнлаб баркамол образлар яратган. Ўзига хос тембрли хушовоз хонанда, «Висолинг гулшани», «Ишқингни авайла», «Лайломисан сен?», «Ҳануз» каби лирик тароналарни маҳорат билан ижро этган. Турсуной Мамедова халқ фольклор қўшиқларининг, яллаларининг истеъдодли ижрочиси сифатида ҳам машҳурдир.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.