UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TURG‘UN YO‘LDOShEVТУРҒУН ЙЎЛДОШЕВ

1918, Uchqo‘rg‘on shahri — 1979, o‘sha erda1918, Учқўрғон шаҳри — 1979, ўша ерда

ТУРҒУН ЙЎЛДОШЕВ
(1918, Uchqo‘rg‘on shahri — 1979, o‘sha erda) — hakim. 1941-45 yillarda da fashizmga qarshi urush qatnashchisi. Urushdan keyin Qayqi qishloq kasalxonasida bosh hakim (1948-51), tuman ambulatoriyasida bosh hakim (1951-52), tuman sog‘liqni saqlash bo‘lim mudiri (1952-65), tuman poliklinikasi (1965-75) va teri-tanosil kasalliklari dispanserida (1975-79) bosh hakim bo‘lib ishlagan. Tumanda sog‘liqni saqlash muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, feldsher-akusherlik shoxobchalarini tashkil etish, aholi orasida bo‘g‘ma, traxoma, bezgak va yuqumli teri kasalliklarini tugatishda bosh-qosh bo‘lgan yuqori malakali shifokor, mohir tashkilotchi edi. Qabri «Birodarlik» qabristonida.
(1918, Учқўрғон шаҳри — 1979, ўша ерда) — ҳаким. 1941-45 йилларда да фашизмга қарши уруш қатнашчиси. Урушдан кейин Қайқи қишлоқ касалхонасида бош ҳаким (1948-51), туман амбулаториясида бош ҳаким (1951-52), туман соғлиқни сақлаш бўлим мудири (1952-65), туман поликлиникаси (1965-75) ва тери-таносил касалликлари диспансерида (1975-79) бош ҳаким бўлиб ишлаган. Туманда соғлиқни сақлаш муассасалари тармоқларини кенгайтириш, фельдшер-акушерлик шохобчаларини ташкил этиш, аҳоли орасида бўғма, трахома, безгак ва юқумли тери касалликларини тугатишда бош-қош бўлган юқори малакали шифокор, моҳир ташкилотчи эди. Қабри «Биродарлик» қабристонида.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.