UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TURG‘UNBOY RUSTAMOVТУРҒУНБОЙ РУСТАМОВ

1925, Uychi, Qizilrovot qishlog‘i1925, Уйчи, Қизилровот қишлоғи

ТУРҒУНБОЙ РУСТАМОВ
(1925, Uychi, Qizilrovot qishlog‘i) — muallim, matbuot xodimi. 1943-47 yillarda Uychi tumanidagi qator maktablarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1947-51 yillarda Farg‘ona muallimlar institutida tahsil oldi. 1951-55 yillarda Uychi tuman 7-, 8-o‘rta maktablarda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri bo‘ldi. So‘ngra Uchqo‘rg‘ondagi 1-o‘rta maktabda o‘qituvchi va o‘rindoshlik asosida tuman «Kommunistik mehnat uchun» gazetida kotib (1955-57), muharrir (1957-61) «Jangovar mehnat» gazetida muharrir (1963-65), tuman matbuot tarqatish bo‘limi mudiri (1965-85) vazifalarida ishladi. Ko‘p yillik samarali, halol mehnatlari «Shavkatli mehnati uchun», O‘zbekiston Respublikasining «Shuxrat» medallari va qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(1925, Уйчи, Қизилровот қишлоғи) — муаллим, матбуот ходими. 1943-47 йилларда Уйчи туманидаги қатор мактабларда ўқитувчи бўлиб ишлаган. 1947-51 йилларда Фарғона муаллимлар институтида таҳсил олди. 1951-55 йилларда Уйчи туман 7-, 8-ўрта мактабларда ўқитувчи, илмий бўлим мудири бўлди. Сўнгра Учқўрғондаги 1-ўрта мактабда ўқитувчи ва ўриндошлик асосида туман «Коммунистик меҳнат учун» газетида котиб (1955-57), муҳаррир (1957-61) «Жанговар меҳнат» газетида муҳаррир (1963-65), туман матбуот тарқатиш бўлими мудири (1965-85) вазифаларида ишлади. Кўп йиллик самарали, ҳалол меҳнатлари «Шавкатли меҳнати учун», Ўзбекистон Республикасининг «Шухрат» медаллари ва қатор фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.