TO‘LQIN HAKIMOVТЎЛҚИН ҲАКИМОВ
1938, Uchqo‘rg‘on shahri1938, Учқўрғон шаҳри
(1938, Uchqo‘rg‘on shahri) — hakim, sog‘liqni saqlash a’lochisi. Tuman sanitariya-davolash birlashmasi bosh hakimi o‘rinbosari (1966-73), bosh hakim (1973-77), shahar markaziy kasalxonasining bosh hakimi (1977-85) va 1991 yildan tuman markaziy kasalxonasining bosh hakimi o‘rinbosari (1985-91) vazifasida ishlagan. Hukumatning qator faxriy yorliqlari va medallariga sazovor bo‘lgan. Tuman va shahardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shahar va ayniqsa qishloq joylarda maxsuslashtirilgan tibbiy shoxobchalar tizimini tashkil etishda katta xizmatlari bor. U rahbarlik qilgan yillari tuman va shaharda ko‘p qirrali tashxis va davolash tarmoqlari tarkib topdi.
(1938, Учқўрғон шаҳри) — ҳаким, соғлиқни сақлаш аълочиси. Туман санитария-даволаш бирлашмаси бош ҳакими ўринбосари (1966-73), бош ҳаким (1973-77), шаҳар марказий касалхонасининг бош ҳакими (1977-85) ва 1991 йилдан туман марказий касалхонасининг бош ҳакими ўринбосари (1985-91) вазифасида ишлаган. Ҳукуматнинг қатор фахрий ёрлиқлари ва медалларига сазовор бўлган. Туман ва шаҳардаги тиббиёт муассасаларининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, шаҳар ва айниқса қишлоқ жойларда махсуслаштирилган тиббий шохобчалар тизимини ташкил этишда катта хизматлари бор. У раҳбарлик қилган йиллари туман ва шаҳарда кўп қиррали ташхис ва даволаш тармоқлари таркиб топди.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.