TUPAXON HOLIQOVAТУПАХОН ҲОЛИҚОВА
1905, Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Payshanba Ho‘jaobod qishlog‘i1905, Андижон вилояти, Балиқчи тумани, Пайшанба Ҳўжаобод қишлоғи
(1905, Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Payshanba Ho‘jaobod qishlog‘i) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, 30-yillardan Yashiq qishlog‘ida tashkil topgan jamoa xo‘jaligiga a’zo bo‘lib kirgan. 1943 yilda Yashiq qishloq sho‘rosida rais, 1944 yilda u qishloqdan 80 nafar kishini Farhod GESi qurilishiga olib bordi, So‘ngra pillachilik (1947), paxtachilik (1945-65) brigadalariga etakchilik qildi. Samarali mehnatlari uchun «Hurmat belgisi» (2 marta) ordeni va «Urush yillarida shavkatli mehnati uchun» va boshqa qator medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 1965 yildan mehnat faxriysi. Jamoa paxtachiligi, pillachiligini rivojlantirish yo‘lidagi uzoq vaqt samarali mehnat qilgan mehnatsevar dehqon ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan ustoz.
(1905, Андижон вилояти, Балиқчи тумани, Пайшанба Ҳўжаобод қишлоғи) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган қишлоқ хўжалиги ходими, 30-йиллардан Яшиқ қишлоғида ташкил топган жамоа хўжалигига аъзо бўлиб кирган. 1943 йилда Яшиқ қишлоқ шўросида раис, 1944 йилда у қишлоқдан 80 нафар кишини Фарҳод ГЭСи қурилишига олиб борди, Сўнгра пиллачилик (1947), пахтачилик (1945-65) бригадаларига етакчилик қилди. Самарали меҳнатлари учун «Ҳурмат белгиси» (2 марта) ордени ва «Уруш йилларида шавкатли меҳнати учун» ва бошқа қатор медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. 1965 йилдан меҳнат фахрийси. Жамоа пахтачилиги, пиллачилигини ривожлантириш йўлидаги узоқ вақт самарали меҳнат қилган меҳнатсевар деҳқон кўплаб шогирдлар тарбиялаган устоз.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.