UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

UBAYDULLA ABDULLAEVУБАЙДУЛЛА АБДУЛЛАЕВ

01. 06. 1912 — 31. 01. 1991, Uchqo‘rg‘on01. 06. 1912 — 31. 01. 1991, Учқўрғон

УБАЙДУЛЛА АБДУЛЛАЕВ
(01. 06. 1912 — 31. 01. 1991, Uchqo‘rg‘on) — olim-agronom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor. 1929 yildan «Ittifoq» jamoa xo‘jaligida kotib bo‘lib ishlay boshlagan. 1933-39 yillarda urug‘ sinash xo‘jaligida mehnat qildi. 1941 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikumini bitirgach, Andijon viloyati Izboskan tumanida ish yurituvchi bo‘lib ishladi. 1942-45 yillarda harbiy xizmatda. Moldaviya, Yugoslaviya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Avstriya mamlakatlarini fashizmdan xalos etishda qatnashgan. Urushdagi jasoratlari uchun orden va medallar bilan mukofotlangan. Urushdan keyin tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining bosh agronomi, birinchi MTSda katta agronom, boshqarma boshlig‘i va mas’ul lavozimlarda ishlab, 50 yil davomida tuman qishloq xo‘jaligi, ayniqsa paxtachilik taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Uch marta «Hurmat belgisi» ordeni, medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Uchqo‘rg‘on shahri «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(01. 06. 1912 — 31. 01. 1991, Учқўрғон) — олим-агроном, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор. 1929 йилдан «Иттифоқ» жамоа хўжалигида котиб бўлиб ишлай бошлаган. 1933-39 йилларда уруғ синаш хўжалигида меҳнат қилди. 1941 йилда Тошкент қишлоқ хўжалиги техникумини битиргач, Андижон вилояти Избоскан туманида иш юритувчи бўлиб ишлади. 1942-45 йилларда ҳарбий хизматда. Молдавия, Югославия, Руминия, Болгария, Венгрия, Австрия мамлакатларини фашизмдан халос этишда қатнашган. Урушдаги жасоратлари учун орден ва медаллар билан мукофотланган. Урушдан кейин туман қишлоқ хўжалиги бўлимининг бош агрономи, биринчи МТСда катта агроном, бошқарма бошлиғи ва масъул лавозимларда ишлаб, 50 йил давомида туман қишлоқ хўжалиги, айниқса пахтачилик тараққиётига катта ҳисса қўшган. Уч марта «Ҳурмат белгиси» ордени, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Учқўрғон шаҳри «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.