UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

UMMIXON EShONQULOVAУММИХОН ЭШОНҚУЛОВА

05. 05. 1925, Uchqo‘rg‘on shahri05. 05. 1925, Учқўрғон шаҳри

УММИХОН ЭШОНҚУЛОВА
(05. 05. 1925, Uchqo‘rg‘on shahri) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan savdo xodimi (1969). «Qo‘chqorota» (sobiq Stalin nomli) jamoa xo‘jaligida kolxozchi (1943-46) bo‘lib ishlagan, 1949 yilda Uchqo‘rg‘on shahri matlubot jamiyatiga kirgan va to 1993 yilgacha shu erda sotuvchi, turli do‘konlarda mudira vazifasida xizmat qilgan. 45 yillik ish faoliyati mobaynida hukumatning ko‘plab faxriy yorliqlariga, «Mehnat zarbdori», «Xizmat ko‘rsatgan savdo xodimi» unvonlariga sazovor bo‘lgan. Mehnatkashlarga namunali savdo xizmati ko‘rsatish tashkilotchilaridan.
(05. 05. 1925, Учқўрғон шаҳри) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган савдо ходими (1969). «Қўчқорота» (собиқ Сталин номли) жамоа хўжалигида колхозчи (1943-46) бўлиб ишлаган, 1949 йилда Учқўрғон шаҳри матлубот жамиятига кирган ва то 1993 йилгача шу ерда сотувчи, турли дўконларда мудира вазифасида хизмат қилган. 45 йиллик иш фаолияти мобайнида ҳукуматнинг кўплаб фахрий ёрлиқларига, «Меҳнат зарбдори», «Хизмат кўрсатган савдо ходими» унвонларига сазовор бўлган. Меҳнаткашларга намунали савдо хизмати кўрсатиш ташкилотчиларидан.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.