FOZILJON NIShONOVФОЗИЛЖОН НИШОНОВ
1949, Qayqi1949, Қайқи
(1949, Qayqi) — tibbiyot fanlari doktori, professor. Andijon davlat tibbiyot institutini bitirgach, shu erda gospital-jarrohlik kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishladi (1973-75), 1975-78 yillarda Vishnevskiy nomli Moskva tibbiyot institutida «Oshqozon yara kasalligini vagotomiya bilan davolash» degan mavzuda ilmiy ish olib borib, 1978 yilda himoya qildi va tibbiyot fanlari nomzodi bo‘ldi. Ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 1988 yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Hozirda Andijon tibbiyot instituti gospital-jarrohlik kafedrasining mudiri, jarrohlar uyushmasining raisi.
(1949, Қайқи) — тиббиёт фанлари доктори, профессор. Андижон давлат тиббиёт институтини битиргач, шу ерда госпитал-жарроҳлик кафедрасида ўқитувчи бўлиб ишлади (1973-75), 1975-78 йилларда Вишневский номли Москва тиббиёт институтида «Ошқозон яра касаллигини ваготомия билан даволаш» деган мавзуда илмий иш олиб бориб, 1978 йилда ҳимоя қилди ва тиббиёт фанлари номзоди бўлди. Илмий изланишларини давом эттириб, 1988 йилда тиббиёт фанлари доктори илмий даражасини олди. Ҳозирда Андижон тиббиёт институти госпитал-жарроҳлик кафедрасининг мудири, жарроҳлар уюшмасининг раиси.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.