FOZILJON TURSUNOVФОЗИЛЖОН ТУРСУНОВ
1926-80, Qayqi1926-80, Қайқи
(1926-80, Qayqi) — olim-agronom O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor (1977), 1942-57 yillarda Qayqi qishloqdagi qator jamoa xo‘jaliklarida hisobchilik qilgan. 1958 yildan «Norin» davlat xo‘jaligi 7-bo‘lim boshqaruvchisi, 1961 yildan «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida direktor, 1970 yildan sobiq Lenin nomli hozirgi «Qo‘g‘ay» davlat xo‘jaligining direktori. Uning jonkuyarligi, mohir tashkilotchiligi tufayli bu xo‘jalik tez orada ilg‘orlar qatoriga kirdi, «Hurmat belgisi» ordeniga musharraf bo‘ldi. Foziljon Tursunovning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, xo‘jalik iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ko‘p yillik xizmatlari «Lenin», «Mehnat Qizil bayroq» ordenlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan. Qabri «O‘zbekiston» jamoa xo‘jaligidagi qabristonda.
(1926-80, Қайқи) — олим-агроном Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор (1977), 1942-57 йилларда Қайқи қишлоқдаги қатор жамоа хўжаликларида ҳисобчилик қилган. 1958 йилдан «Норин» давлат хўжалиги 7-бўлим бошқарувчиси, 1961 йилдан «Учқўрғон» давлат хўжалигида директор, 1970 йилдан собиқ Ленин номли ҳозирги «Қўғай» давлат хўжалигининг директори. Унинг жонкуярлиги, моҳир ташкилотчилиги туфайли бу хўжалик тез орада илғорлар қаторига кирди, «Ҳурмат белгиси» орденига мушарраф бўлди. Фозилжон Турсуновнинг кадрларни танлаш, жой-жойига қўйиш, хўжалик иқтисодиётини ривожлантиришдаги кўп йиллик хизматлари «Ленин», «Меҳнат Қизил байроқ» орденлари ва бошқа мукофотлар билан тақдирланган. Қабри «Ўзбекистон» жамоа хўжалигидаги қабристонда.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.