UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

XOLDORALI VALIEVХОЛДОРАЛИ ВАЛИЕВ

1915 — 05. 1986, Elatan1915 — 05. 1986, Элатан

ХОЛДОРАЛИ ВАЛИЕВ
(1915 — 05. 1986, Elatan) — dehqon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor (1964), «Voroshilov» nomli jamoa xo‘jaligida dehqon, mirob, paxtachilik brigadasi boshlig‘i (1933–41) bo‘lib ishlagan. 1941 yilda ko‘ngilli bo‘lib frontga ketgan. 1942 yilda oyog‘idan yaralanib qaytib keladi. 1943 yilda tegirmonchi, 1945 yildan yana paxtachilik brigadasi boshlig‘i. Umrining oxirigacha eng og‘ir uchastkalarda fidokorona mehnat qilib, o‘zi ishlagan jamoada har yili paxta tayyorlash reja va majburiyatlarini ortig‘i bilan bajarishga erishgan usta paxtakor, zahmatkash inson edi. Xo‘jalikdagi va urushdagi xizmatlari uchun «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni, medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Elatandagi «Yalong‘och ota» qabristoniga dafn qilingan.
(1915 — 05. 1986, Элатан) — деҳқон, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор (1964), «Ворошилов» номли жамоа хўжалигида деҳқон, мироб, пахтачилик бригадаси бошлиғи (1933–41) бўлиб ишлаган. 1941 йилда кўнгилли бўлиб фронтга кетган. 1942 йилда оёғидан яраланиб қайтиб келади. 1943 йилда тегирмончи, 1945 йилдан яна пахтачилик бригадаси бошлиғи. Умрининг охиригача энг оғир участкаларда фидокорона меҳнат қилиб, ўзи ишлаган жамоада ҳар йили пахта тайёрлаш режа ва мажбуриятларини ортиғи билан бажаришга эришган уста пахтакор, заҳматкаш инсон эди. Хўжаликдаги ва урушдаги хизматлари учун «Меҳнат Қизил Байроқ» ордени, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Элатандаги «Ялонғоч ота» қабристонига дафн қилинган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.