XOLTOJI XONTO‘RAEVAХОЛТОЖИ ХОНТЎРАЕВА
1908 — 18. 11. 1989, Qayqi1908 — 18. 11. 1989, Қайқи
(1908 — 18. 11. 1989, Qayqi) — paxtakor, xo‘jalik rahbari. 20-yillarning oxiridan Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida dehqon, brigada boshlig‘i, boshqaruv raisi, xotin-qizlar kengashi raisi vazifalarida ishladi. Mehnatkash, mohir paxtakor, udaburro rahbar edi, u etakchilik qilgan yillari jamoa xo‘jaligi taraqqiyot yo‘liga chiqdi, paxtachilik va boshqa sohalar rivojlandi, qishloqlar obod bo‘ldi, mehnatchilarning turmush darajasi yuksaldi. Hukumatning qator medal, faxriy yorliq va boshqa mukofotlari sohibi. Qabri Qayqi qishlog‘i «Birodarlik» qabristonida.
(1908 — 18. 11. 1989, Қайқи) — пахтакор, хўжалик раҳбари. 20-йилларнинг охиридан Охунбобоев номли жамоа хўжалигида деҳқон, бригада бошлиғи, бошқарув раиси, хотин-қизлар кенгаши раиси вазифаларида ишлади. Меҳнаткаш, моҳир пахтакор, удабурро раҳбар эди, у етакчилик қилган йиллари жамоа хўжалиги тараққиёт йўлига чиқди, пахтачилик ва бошқа соҳалар ривожланди, қишлоқлар обод бўлди, меҳнатчиларнинг турмуш даражаси юксалди. Ҳукуматнинг қатор медал, фахрий ёрлиқ ва бошқа мукофотлари соҳиби. Қабри Қайқи қишлоғи «Биродарлик» қабристонида.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.