XO‘JAQUL QIRG‘IZBOEVХЎЖАҚУЛ ҚИРҒИЗБОЕВ
15. 05. 1900, Uchqo‘rg‘on shahri15. 05. 1900, Учқўрғон шаҳри
(15. 05. 1900, Uchqo‘rg‘on shahri) — paxtakor, xo‘jalik rahbari. Mehnat faoliyatini 12 yoshligidan boylar qo‘lida qarollikdan boshlagan. 1925-29 yillardagi er islohoti davrida 4 gektar er olib ishlagan. 1929-31 yillarda «Madaniyat» jamoa xo‘jaligi a’zosi, 1931-38 yillarda shu jamoa xo‘jaligida, 1939-40 yillarda «Qizil botir», 1940-44 yillarda «MTS», 1944-58 yillarda «Kommuna» jamoa xo‘jaliklarida boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan. So‘ngra «Kommuna» jamoa xo‘jaligida mirob (1958-60), agronom (1960-63), brigadir (1963-72). 1972 yildan keksalik xordig‘ida. Xo‘jaqul Qirg‘izboev qirq yildan ortiq davr mobaynida tumanda qishloq xo‘jaligini, paxtachilikni rivojlantirishda samarali mehnat qilgan fidoyi insondir. Ko‘p yillik xizmatlari «Shavkatli mehnati uchun» medali va bir necha faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(15. 05. 1900, Учқўрғон шаҳри) — пахтакор, хўжалик раҳбари. Меҳнат фаолиятини 12 ёшлигидан бойлар қўлида қаролликдан бошлаган. 1925-29 йиллардаги ер ислоҳоти даврида 4 гектар ер олиб ишлаган. 1929-31 йилларда «Маданият» жамоа хўжалиги аъзоси, 1931-38 йилларда шу жамоа хўжалигида, 1939-40 йилларда «Қизил ботир», 1940-44 йилларда «МТС», 1944-58 йилларда «Коммуна» жамоа хўжаликларида бошқарув раиси бўлиб ишлаган. Сўнгра «Коммуна» жамоа хўжалигида мироб (1958-60), агроном (1960-63), бригадир (1963-72). 1972 йилдан кексалик хордиғида. Хўжақул Қирғизбоев қирқ йилдан ортиқ давр мобайнида туманда қишлоқ хўжалигини, пахтачиликни ривожлантиришда самарали меҳнат қилган фидойи инсондир. Кўп йиллик хизматлари «Шавкатли меҳнати учун» медали ва бир неча фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.