UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ShAVKAT ABDULLAEVШАВКАТ АБДУЛЛАЕВ

1952, Uchqo‘rg‘on shahri1952, Учқўрғон шаҳри

◎
(1952, Uchqo‘rg‘on shahri) — muhandis-gidrotexnik. Tuman sug‘orish tarmoqlari boshqarmasida muhandis-gidromeliorator (1974-75), tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasida muhandis-irrigator (1975-76), boshliq (1976-82), viloyat firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1982-84), viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasida boshliq muovini (1984-85), Uchqo‘rg‘on shahar ijroqo‘mi raisi (1988-89), tuman Kommunistik firqa qo‘mitasining 2-kotibi (1989-91), XDP tuman kengashi 1-kotibi (1991-94), «Qo‘g‘ay» shirkatlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1994 yildan) vazifalarida ishladi. Tumanda suv inshootlarini qurish va foydalanish samaradorligini oshirishga, tuman va shaharda qurilish, sanoat, obodonchilik ishlarini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgan. Hukumatning faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari bilan taqdirlangan.
(1952, Учқўрғон шаҳри) — муҳандис-гидротехник. Туман суғориш тармоқлари бошқармасида муҳандис-гидромелиоратор (1974-75), туман қишлоқ хўжалиги бошқармасида муҳандис-ирригатор (1975-76), бошлиқ (1976-82), вилоят фирқа қўмитасида йўриқчи (1982-84), вилоят сув хўжалиги бошқармасида бошлиқ муовини (1984-85), Учқўрғон шаҳар ижроқўми раиси (1988-89), туман Коммунистик фирқа қўмитасининг 2-котиби (1989-91), ХДП туман кенгаши 1-котиби (1991-94), «Қўғай» ширкатлар уюшмаси бошқаруви раиси (1994 йилдан) вазифаларида ишлади. Туманда сув иншоотларини қуриш ва фойдаланиш самарадорлигини оширишга, туман ва шаҳарда қурилиш, саноат, ободончилик ишларини юксалтиришга салмоқли ҳисса қўшган. Ҳукуматнинг фахрий ёрлиқлари ва ташаккурномалари билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.