ShAHRINISO RAJABBOEVAШАҲРИНИСО РАЖАББОЕВА
1913–1988, Uchqo‘rg‘on1913–1988, Учқўрғон
◎(1913–1988, Uchqo‘rg‘on) — rahbar xodim. Mehnat faoliyatini 1930 yilda «Madaniyat» jamoa xo‘jaligi a’zoligidan boshlagan. 1939 yilda Uchqo‘rg‘on qishloq kengashi raisligiga saylandi va 1944 yilgacha shu erda ishladi. So‘ngra tuman ijroqo‘mi raisi muovini (1944–47), «Partiya XVII s’ezdi», «Kommuna» jamoa xo‘jaliklari boshqaruvi raisi (1947–50), Uchqo‘rg‘on qishloq matlubot jamiyati raisi (1951–58), Uchqo‘rg‘on shaharcha kengashi raisi o‘rinbosari va raisi vazifalarida ishlagan (1958–69). Tuman xalq xo‘jaligining ijtimoiy ta’minot, obodonchilik sohalarida samarali mehnat qilgan. Jonkuyar, mehribon inson, tajribali tashkilotchi sifatida obro‘-e’tibor qozongan edi. «Hurmat belgisi» ordeni, «Shavkatli mehnati uchun» va boshqa medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Shahriniso Rajabboeva Uchqo‘rg‘ondagi «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1913–1988, Учқўрғон) — раҳбар ходим. Меҳнат фаолиятини 1930 йилда «Маданият» жамоа хўжалиги аъзолигидан бошлаган. 1939 йилда Учқўрғон қишлоқ кенгаши раислигига сайланди ва 1944 йилгача шу ерда ишлади. Сўнгра туман ижроқўми раиси муовини (1944–47), «Партия XVII съезди», «Коммуна» жамоа хўжаликлари бошқаруви раиси (1947–50), Учқўрғон қишлоқ матлубот жамияти раиси (1951–58), Учқўрғон шаҳарча кенгаши раиси ўринбосари ва раиси вазифаларида ишлаган (1958–69). Туман халқ хўжалигининг ижтимоий таъминот, ободончилик соҳаларида самарали меҳнат қилган. Жонкуяр, меҳрибон инсон, тажрибали ташкилотчи сифатида обрў-эътибор қозонган эди. «Ҳурмат белгиси» ордени, «Шавкатли меҳнати учун» ва бошқа медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Шаҳринисо Ражаббоева Учқўрғондаги «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.