UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

EGAMBERDI RAHMONOVЭГАМБЕРДИ РАҲМОНОВ

10.01. 191510.01. 1915

ЭГАМБЕРДИ РАҲМОНОВ
(10.01. 1915) — muallim, davlat-xo‘jalik rahbari, Jarqo‘rg‘on tumanida maktab direktori va tuman maorif bo‘limi mudiri (1933-35), Oltiariq tumani maorif bo‘limida yo‘riqchi va jamoa xo‘jaliklariga mutaxassis tayyorlash maktabida ishladi (1935-42). 1942-45 yillarda frontda. Urushdan keyin Norin tumani MTSda siyosiy bo‘lim mudiri, shu tuman firqa qo‘mitasida tashviqot bo‘limining mudiri (1947-50), Uchqo‘rg‘on tumani MTSda siyosiy bo‘lim mudiri (1950-54), tuman firqa qo‘mitasida yo‘riqchi, «Kommuna», «Moskva» jamoa xo‘jaligida firqa tashkiloti kotibi (1954-68), neft bazasi direktori (1969-85) vazifalarida mehnat qilgan. Urushdagi jasoratlari uch darajali «Shuhrat» ordeni, Varshava, Berlin shaharlarini olishda ishtiroki uchun medallar urushdan keyingi xizmatlari Hukumatning qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Hozir «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi,
(10.01. 1915) — муаллим, давлат-хўжалик раҳбари, Жарқўрғон туманида мактаб директори ва туман маориф бўлими мудири (1933-35), Олтиариқ тумани маориф бўлимида йўриқчи ва жамоа хўжаликларига мутахассис тайёрлаш мактабида ишлади (1935-42). 1942-45 йилларда фронтда. Урушдан кейин Норин тумани МТСда сиёсий бўлим мудири, шу туман фирқа қўмитасида ташвиқот бўлимининг мудири (1947-50), Учқўрғон тумани МТСда сиёсий бўлим мудири (1950-54), туман фирқа қўмитасида йўриқчи, «Коммуна», «Москва» жамоа хўжалигида фирқа ташкилоти котиби (1954-68), нефт базаси директори (1969-85) вазифаларида меҳнат қилган. Урушдаги жасоратлари уч даражали «Шуҳрат» ордени, Варшава, Берлин шаҳарларини олишда иштироки учун медаллар урушдан кейинги хизматлари Ҳукуматнинг қатор фахрий ёрлиқлари билан тақдирланган. Ҳозир «Маданият» маҳалла фуқаролар йиғини раиси,

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.