UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

YuSUFJON SIDDIQOVЮСУФЖОН СИДДИҚОВ

1906 — 03.1975, Uchqo‘rg‘on shahri1906 — 03.1975, Учқўрғон шаҳри

ЮСУФЖОН СИДДИҚОВ
(1906 — 03.1975, Uchqo‘rg‘on shahri) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor. 14 yoshidan dehqonchilik qila boshlagan. 1933 yildan hozirgi «Qo‘chqorota» jamoa xo‘jaligida brigadir, 1935-37 yillarda Uchqo‘rg‘on qishloq kengashida, 1937-38 yillarda «Kommuna» jamoa xo‘jaligida rais muovini bo‘lib ishlaydi. 1938 yilda «Qo‘chqorota» jamoa xo‘jaligiga rais bo‘lib saylandi va 1964 yilga qadar shu xo‘jalikka rahbarlik qildi. Yusufjon Siddiqov xo‘jalikda g‘o‘zaga texnika yordamida ishlov berish, paxta tannarxini arzonlashtirish, a’zolarning turmush sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor berdi. Jamoa xo‘jaligi iqtisodini mustahkamlab bordi, ko‘plab turarjoy, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi texnikalarini saqlash binolarini qurishga boshchilik qildi. 1960 yilda 1440 gektar erdan 27,5 s. dan jami 3950 t. paxta, 325 quti qurt urug‘idan o‘rtacha 55,4 kg dan; 18 t. pilla tayyorlangan. Lenin ordeni, «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» va boshqa medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Qabri Uchqo‘rg‘on shahri Birodarlik qabristonida.
(1906 — 03.1975, Учқўрғон шаҳри) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор. 14 ёшидан деҳқончилик қила бошлаган. 1933 йилдан ҳозирги «Қўчқорота» жамоа хўжалигида бригадир, 1935-37 йилларда Учқўрғон қишлоқ кенгашида, 1937-38 йилларда «Коммуна» жамоа хўжалигида раис муовини бўлиб ишлайди. 1938 йилда «Қўчқорота» жамоа хўжалигига раис бўлиб сайланди ва 1964 йилга қадар шу хўжаликка раҳбарлик қилди. Юсуфжон Сиддиқов хўжаликда ғўзага техника ёрдамида ишлов бериш, пахта таннархини арзонлаштириш, аъзоларнинг турмуш шароитини яхшилашга алоҳида эътибор берди. Жамоа хўжалиги иқтисодини мустаҳкамлаб борди, кўплаб тураржой, чорвачилик, қишлоқ хўжалиги техникаларини сақлаш биноларини қуришга бошчилик қилди. 1960 йилда 1440 гектар ердан 27,5 ц. дан жами 3950 т. пахта, 325 қути қурт уруғидан ўртача 55,4 кг дан; 18 т. пилла тайёрланган. Ленин ордени, «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун» ва бошқа медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Қабри Учқўрғон шаҳри Биродарлик қабристонида.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.