YaHYoPO‘LAT TO‘XTAEVЯҲЁПЎЛАТ ТЎХТАЕВ
1934, Uchqo‘rg‘on shahri1934, Учқўрғон шаҳри
(1934, Uchqo‘rg‘on shahri) — muhandis-mexanik. Mehnat faoliyatini Qo‘chqorota jamoa xo‘jaligida oddiy dehqonchilikdan boshlagan. Traktorchilik qilgan (1950–56). Toshkent Industrial texnikumini bitirgach, 1960–62 yillarda shu viloyat Bekobod tumani Dalvarzin jamoa xo‘jaligida ishladi. Toshkent politexnika institutini tugatib, «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida mexanik (1967), tuman firqa qo‘mitasi sanoat-naqliyot bo‘limi mudiri (1967–76), shahar soveti ijroqo‘mi raisi (1976–85), 38-avtokorxonada usta (1985–89), tuman kinovideo xizmati idorasi boshlig‘i (1989–94) vazifalarida mehnat qildi. 1994 yildan mehnat faxriysi, Uchqo‘rg‘on shahri «Sohil» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi. «Hurmat belgisi» ordeni va qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Tuman xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish, Uchqo‘rg‘on shahrini obodonlashtirish, aholi turmush madaniyatini oshirish kabi sohalarda samarali xizmatlari bor.
(1934, Учқўрғон шаҳри) — муҳандис-механик. Меҳнат фаолиятини Қўчқорота жамоа хўжалигида оддий деҳқончиликдан бошлаган. Тракторчилик қилган (1950–56). Тошкент Индустриал техникумини битиргач, 1960–62 йилларда шу вилоят Бекобод тумани Далварзин жамоа хўжалигида ишлади. Тошкент политехника институтини тугатиб, «Учқўрғон» давлат хўжалигида механик (1967), туман фирқа қўмитаси саноат-нақлиёт бўлими мудири (1967–76), шаҳар совети ижроқўми раиси (1976–85), 38-автокорхонада уста (1985–89), туман киновидео хизмати идораси бошлиғи (1989–94) вазифаларида меҳнат қилди. 1994 йилдан меҳнат фахрийси, Учқўрғон шаҳри «Соҳил» маҳалла фуқаролар йиғини раиси. «Ҳурмат белгиси» ордени ва қатор фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Туман хўжалигини механизациялаштириш, Учқўрғон шаҳрини ободонлаштириш, аҳоли турмуш маданиятини ошириш каби соҳаларда самарали хизматлари бор.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.