QAYuMJON IBROHIMOVҚАЮМЖОН ИБРОҲИМОВ
12. 05. 1943, Qayqi12. 05. 1943, Қайқи
(12. 05. 1943, Qayqi) — o‘qituvchi, xalq maorifi a’lochisi. Tumandagi 8-maktabda o‘qituvchi (1968–74), 9-maktabda ilmiy bo‘lim mudiri (1974–81), direktor (1981–93), viloyat 46-maxsus maktab-internati direktori bo‘lib ishladi. Hozir Qayqi qishloq fuqarolar yig‘ini raisi vazifasida ishlaydi. Ko‘p yillik xizmatlari hukumatning medal va yorliqlari bilan taqdirlangan. Tumandagi qator maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda munosib hissa qo‘shgan. 9-maktabning 640 o‘rinli yangi binosi uning rahbarligida qurib ishga tushirilgan.
(12. 05. 1943, Қайқи) — ўқитувчи, халқ маорифи аълочиси. Тумандаги 8-мактабда ўқитувчи (1968–74), 9-мактабда илмий бўлим мудири (1974–81), директор (1981–93), вилоят 46-махсус мактаб-интернати директори бўлиб ишлади. Ҳозир Қайқи қишлоқ фуқаролар йиғини раиси вазифасида ишлайди. Кўп йиллик хизматлари ҳукуматнинг медал ва ёрлиқлари билан тақдирланган. Тумандаги қатор мактабларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, малакали мутахассислар билан таъминлашда муносиб ҳисса қўшган. 9-мактабнинг 640 ўринли янги биноси унинг раҳбарлигида қуриб ишга туширилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.