QO‘ChQOR ASRONBOEVҚЎЧҚОР АСРОНБОЕВ
1898, Qirg‘iziston, Jalolobod viloyati, Suzoq qishloq — 1960, Uchqo‘rg‘on1898, Қирғизистон, Жалолобод вилояти, Сузоқ қишлоқ — 1960, Учқўрғон
◎(1898, Qirg‘iziston, Jalolobod viloyati, Suzoq qishloq — 1960, Uchqo‘rg‘on) — taniqli paxtakor. Mehnat faoliyatini 1913 yilda uchqo‘rg‘onlik Mirzarahimboynikida qarollikdan boshladi. 1925-29 yillarda yakka xo‘jalik dehqon. So‘ng kolxoz tuzilishida faol qatnashdi. 1931 yilda «Maorif» kolxozini tuzdi, unga raislik qildi. 1934-38 yillarda Stalin nomli kolxoz raisi, 1938 yilda tuman er-suv boshqarmasi boshlig‘i, 1938-47 yillarda tuman ijroqo‘mi raisi, yana kolxoz raisi. Tumanda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sug‘orish inshootlari qurish, paxta hosildorligini ko‘tarishda faollik ko‘rsatdi. KFK qurilishida qatnashdi, urush yillari front ortini mustahkamlash fidoyilaridan. Qo‘chqor Asronboev Mehnat Qizil bayroq, «Hurmat belgisi» ordenlari bilan taqdirlangan. Qabri «Birodarlik» qabristonida. «KUChKOROTA» —
(1898, Қирғизистон, Жалолобод вилояти, Сузоқ қишлоқ — 1960, Учқўрғон) — таниқли пахтакор. Меҳнат фаолиятини 1913 йилда учқўрғонлик Мирзараҳимбойникида қаролликдан бошлади. 1925-29 йилларда якка хўжалик деҳқон. Сўнг колхоз тузилишида фаол қатнашди. 1931 йилда «Маориф» колхозини тузди, унга раислик қилди. 1934-38 йилларда Сталин номли колхоз раиси, 1938 йилда туман ер-сув бошқармаси бошлиғи, 1938-47 йилларда туман ижроқўми раиси, яна колхоз раиси. Туманда қишлоқ хўжалигини ривожлантириш, суғориш иншоотлари қуриш, пахта ҳосилдорлигини кўтаришда фаоллик кўрсатди. КФК қурилишида қатнашди, уруш йиллари фронт ортини мустаҳкамлаш фидойиларидан. Қўчқор Асронбоев Меҳнат Қизил байроқ, «Ҳурмат белгиси» орденлари билан тақдирланган. Қабри «Биродарлик» қабристонида. «КУЧКОРОТА» —
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.