TAVIJON MAHMUDOVТАВИЖОН МАҲМУДОВ
13. 01. 1926, Norin tumani13. 01. 1926, Норин тумани
◎(13. 01. 1926, Norin tumani) — huquqshunos. O‘rta maktabda o‘qituvchi (1943–44), Norin tumani milliy xavfsizlik bo‘linmasi xodimi (1944) bo‘lib ishlagan. 1944–45 yillarda Moskva, Leningrad shaharlarida milliy xavfsizlik sohasida xizmat qildi. So‘ngra To‘raqo‘rg‘on tumani milliy xavfsizlik qo‘mitasida mas’ul xodim (1946–52), Uchqo‘rg‘on tumani (1953–69), Sirdaryo viloyati Guliston shahri (1969–70), Norin tumani (1970–74) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan. 1974–80 yillarda Uchqo‘rg‘ondagi g‘isht zavodi, xo‘jaliklararo qurilish tashkiloti, 4-avtokolonnada rahbarlik vazifalarida ishlagan. Frontdagi xizmatlari uchun «Jangovar xizmati uchun», «Jasorat» va boshqa medallar, ichki ishlar sohasidagi mehnatlari uchun «Jamoat tartibini saqlashdagi a’lo xizmati uchun», «Uzoq yillik samarali xizmati uchun» va boshqa qator medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(13. 01. 1926, Норин тумани) — ҳуқуқшунос. Ўрта мактабда ўқитувчи (1943–44), Норин тумани миллий хавфсизлик бўлинмаси ходими (1944) бўлиб ишлаган. 1944–45 йилларда Москва, Ленинград шаҳарларида миллий хавфсизлик соҳасида хизмат қилди. Сўнгра Тўрақўрғон тумани миллий хавфсизлик қўмитасида масъул ходим (1946–52), Учқўрғон тумани (1953–69), Сирдарё вилояти Гулистон шаҳри (1969–70), Норин тумани (1970–74) ички ишлар бўлими бошлиғи бўлиб хизмат қилган. 1974–80 йилларда Учқўрғондаги ғишт заводи, хўжаликлараро қурилиш ташкилоти, 4-автоколоннада раҳбарлик вазифаларида ишлаган. Фронтдаги хизматлари учун «Жанговар хизмати учун», «Жасорат» ва бошқа медаллар, ички ишлар соҳасидаги меҳнатлари учун «Жамоат тартибини сақлашдаги аъло хизмати учун», «Узоқ йиллик самарали хизмати учун» ва бошқа қатор медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.