UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

G‘ULOMJON QO‘ChQOROVҒУЛОМЖОН ҚЎЧҚОРОВ

1936, Uchqo‘rg‘on1936, Учқўрғон

ҒУЛОМЖОН ҚЎЧҚОРОВ
(1936, Uchqo‘rg‘on) — muhandis-mexanik. Viloyat suv inshootlari boshqarmasida muhandis (1958-59), Uchqo‘rg‘on tumani «Moskva» (hozirgi «Qo‘chqorota») jamoa xo‘jaligida rais muovini (1959-63), boshqaruv raisi (1969-80) «Qishloq xo‘jaligi texnikasi» tuman birlashmasida bosh muhandis (1964-68), ta’mirlash zavodida direktor vazifalarida ishladi. Hozir «Qo‘chqorota» jamoa xo‘jaligi fermasida mehnat qilmoqda. G‘ulomjon Qo‘chqorov tumanda qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish, «Qo‘chqorota» jamoa xo‘jaligi va ta’mirlash zavodining iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Ko‘p yillik mehnatlari «Mehnat Qizil bayroq» ordeni (2 marta), Shavkatli mehnati uchun» medali hamda qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan,
(1936, Учқўрғон) — муҳандис-механик. Вилоят сув иншоотлари бошқармасида муҳандис (1958-59), Учқўрғон тумани «Москва» (ҳозирги «Қўчқорота») жамоа хўжалигида раис муовини (1959-63), бошқарув раиси (1969-80) «Қишлоқ хўжалиги техникаси» туман бирлашмасида бош муҳандис (1964-68), таъмирлаш заводида директор вазифаларида ишлади. Ҳозир «Қўчқорота» жамоа хўжалиги фермасида меҳнат қилмоқда. Ғуломжон Қўчқоров туманда қишлоқ хўжалигини механизациялаштириш, «Қўчқорота» жамоа хўжалиги ва таъмирлаш заводининг иқтисодий тараққиётига катта ҳисса қўшган. Кўп йиллик меҳнатлари «Меҳнат Қизил байроқ» ордени (2 марта), Шавкатли меҳнати учун» медали ҳамда қатор фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган,

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.