HALIMA OLIMOVAҲАЛИМА ОЛИМОВА
1939 yil, Uchqo‘rg‘on shahri1939 йил, Учқўрғон шаҳри
(1939 yil, Uchqo‘rg‘on shahri) — to‘qimachilik sanoati muhandisi, texnika fanlari doktori, professor. I. Oxunboboev nomli 1-maktabda o‘qigan. Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati institutini bitirdi (1956-61 yillar). Mehnat faoliyatini Marg‘ilon shahridagi Xonatlas birlashmasida boshlagan. Keyinchalik komsomol va partiya tashkiloti ishlarida ishladi. 1959 yilda O‘zbekiston KP MKda yo‘riqchi. Uzbekiston davlat rejalashtirish qo‘mitasi raisi muovini, Respublika Engil sanoat vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari qo‘mitasining raisi va respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifalarida ishladi. 1992 yildan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti rektori vazifasida ishlab kelmoqda. Respublikamizda engil sanoatni rivojlantirishga salmoqli hissasini qo‘shgan. Uchqo‘rg‘on «Nihol» onalar va bolalar sihatgohi tashkilotchilaridan biri.
(1939 йил, Учқўрғон шаҳри) — тўқимачилик саноати муҳандиси, техника фанлари доктори, профессор. И. Охунбобоев номли 1-мактабда ўқиган. Тошкент тўқимачилик ва енгил саноати институтини битирди (1956-61 йиллар). Меҳнат фаолиятини Марғилон шаҳридаги Хонатлас бирлашмасида бошлаган. Кейинчалик комсомол ва партия ташкилоти ишларида ишлади. 1959 йилда Ўзбекистон КП МКда йўриқчи. Узбекистон давлат режалаштириш қўмитаси раиси муовини, Республика Енгил саноат вазири ўринбосари, Ўзбекистон Республикаси касаба уюшмалари қўмитасининг раиси ва республика хотин-қизлар қўмитаси раиси вазифаларида ишлади. 1992 йилдан Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти ректори вазифасида ишлаб келмоқда. Республикамизда енгил саноатни ривожлантиришга салмоқли ҳиссасини қўшган. Учқўрғон «Ниҳол» оналар ва болалар сиҳатгоҳи ташкилотчиларидан бири.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.