UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

HAYDAR SAMANDARҲАЙДАР САМАНДАР

1887-1969 yillar, Uchqo‘rg‘on shahri1887-1969 йиллар, Учқўрғон шаҳри

ҲАЙДАР САМАНДАР
(1887-1969 yillar, Uchqo‘rg‘on shahri) — dehqon, mirob, O‘zbekiston Respublikasi sepoya ishlari ustasi (1942 yil), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator (1950 yil). Mehnat faoliyatini 15 yoshida dehqonchilikdan boshlagan. 1930 — 1938 yillarda jamoa xo‘jaligi a’zosi. 1939 yildan «Norin — Qoradaryo» sug‘orish tizimiga ishga kirib 1962 yilgacha mirob, gidrotexnik bo‘lib ishlagan. Tumanda, viloyatda suv xo‘jaligini rivojlantirish, kanallar qurish, o‘z vaqtida kanallarga suvni sepoya qo‘yish usuli bilan olishda alohida jonbozlik, fidokorlik namunalarini ko‘rsatgan. Haydar Samandar vodiyda Haydarpolvon nomi bilan mashhur edi. «Mehnat Qizil bayroq» (1946 yil) ordeni, «Shavkatli mehnati uchun» medali va boshqalar bilan taqdirlangan.
(1887-1969 йиллар, Учқўрғон шаҳри) — деҳқон, мироб, Ўзбекистон Республикаси сепоя ишлари устаси (1942 йил), Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ирригатор (1950 йил). Меҳнат фаолиятини 15 ёшида деҳқончиликдан бошлаган. 1930 — 1938 йилларда жамоа хўжалиги аъзоси. 1939 йилдан «Норин — Қорадарё» суғориш тизимига ишга кириб 1962 йилгача мироб, гидротехник бўлиб ишлаган. Туманда, вилоятда сув хўжалигини ривожлантириш, каналлар қуриш, ўз вақтида каналларга сувни сепоя қўйиш усули билан олишда алоҳида жонбозлик, фидокорлик намуналарини кўрсатган. Ҳайдар Самандар водийда Ҳайдарполвон номи билан машҳур эди. «Меҳнат Қизил байроқ» (1946 йил) ордени, «Шавкатли меҳнати учун» медали ва бошқалар билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.