UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

HAKIMJON TOJIBOEVҲАКИМЖОН ТОЖИБОЕВ

Tug‘ilgan sana: 11. 11. 194311. 11. 1943

ҲАКИМЖОН ТОЖИБОЕВ
(11. 11. 1943, Qo‘g‘ayo‘lmas) — iqtisodchi, rahbar xodim. «Qo‘g‘ay» davlat xo‘jaligida hisobchi bo‘lib ishlagan. 1960–66 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagach, yana «Qo‘g‘ay» davlat xo‘jaligida bosh iqtisodchi (1974 yilgacha), viloyat sovxozlar trestida direktor muovini (1974–75), Uchqo‘rg‘on tumani «O‘zqishloqxo‘jaliktexnika» birlashmasida bosh hisobchi (1975), tuman qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish boshqarmasida katta mutaxassis (1976–77), viloyat xalq nazorati qo‘mitasida inspektor (1977–78), viloyat firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1978–81), Yangiqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasining 2-kotibi (1981–83), Uchqo‘rg‘on tumani ijroqo‘mi raisi (1985–88 va 1989–92), tuman agrosanoat birlashmasi raisi (1988–89), tuman hokimi (1992–94), Ulug‘bek nomli jamoa xo‘jaligi boshqaruvi raisi (1994), agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman qo‘mitasi raisi (1994 yildan) vazifalarida ishlagan. Viloyat, tuman iqtisodiy taraqqiyotiga sidqidildan qilgan xizmatlari bilan katta hissa qo‘shgan tashabbuskor, tajribali rahbar, etuk mutaxassis. Ko‘p yillik mehnatlari uchun medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(11. 11. 1943, Қўғайўлмас) — иқтисодчи, раҳбар ходим. «Қўғай» давлат хўжалигида ҳисобчи бўлиб ишлаган. 1960–66 йилларда Тошкент халқ хўжалиги институтини тамомлагач, яна «Қўғай» давлат хўжалигида бош иқтисодчи (1974 йилгача), вилоят совхозлар трестида директор муовини (1974–75), Учқўрғон тумани «Ўзқишлоқхўжаликтехника» бирлашмасида бош ҳисобчи (1975), туман қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариш бошқармасида катта мутахассис (1976–77), вилоят халқ назорати қўмитасида инспектор (1977–78), вилоят фирқа қўмитасида йўриқчи (1978–81), Янгиқўрғон тумани фирқа қўмитасининг 2-котиби (1981–83), Учқўрғон тумани ижроқўми раиси (1985–88 ва 1989–92), туман агросаноат бирлашмаси раиси (1988–89), туман ҳокими (1992–94), Улуғбек номли жамоа хўжалиги бошқаруви раиси (1994), агросаноат мажмуи ходимлари касаба уюшмаси туман қўмитаси раиси (1994 йилдан) вазифаларида ишлаган. Вилоят, туман иқтисодий тараққиётига сидқидилдан қилган хизматлари билан катта ҳисса қўшган ташаббускор, тажрибали раҳбар, етук мутахассис. Кўп йиллик меҳнатлари учун медал ва фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.