HAKIMJON TURSUNOVҲАКИМЖОН ТУРСУНОВ
1930, Qo‘g‘ayo‘lmas qishlog‘i — 1988, Uchqo‘rg‘on shahri1930, Қўғайўлмас қишлоғи — 1988, Учқўрғон шаҳри
(1930, Qo‘g‘ayo‘lmas qishlog‘i — 1988, Uchqo‘rg‘on shahri) — shoir, rahbar xodim. Mehnat faoliyatini Qo‘g‘ayo‘lmasdagi maktabda o‘qituvchilikdan boshladi (1952). So‘ngra tuman «Jangovar mehnat» gazetasida muxbiri, bo‘lim mudiri vazifalarida ishladi (1962–63). 1964 yildan boshlab to umrining oxirigacha tumanlararo bosmaxona direktori vazifasida mehnat qildi, shu korxonani har tomonlama kamol toptirish yo‘lida katta xizmatlari bor. Hakimjon Tursunov juda yoshligidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanib keldi. Tuman va viloyat adabiy muhitida o‘z o‘rni bor qalamkash sifatida turli tadbirlarda faol qatnashdi. She’r va g‘azallari respublika, viloyat va tuman matbuotida muntazam e’lon qilib kelingan, xonandalar tomonidan kuyga solib ijro etilgan. Matbaachilikni rivojlantirishdagi tashkilotchiligi «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» medali va «SSSR matbaa a’lochisi» nishonlari bilan taqdirlangan. Hakimjon Tursunov «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1930, Қўғайўлмас қишлоғи — 1988, Учқўрғон шаҳри) — шоир, раҳбар ходим. Меҳнат фаолиятини Қўғайўлмасдаги мактабда ўқитувчиликдан бошлади (1952). Сўнгра туман «Жанговар меҳнат» газетасида мухбири, бўлим мудири вазифаларида ишлади (1962–63). 1964 йилдан бошлаб то умрининг охиригача туманлараро босмахона директори вазифасида меҳнат қилди, шу корхонани ҳар томонлама камол топтириш йўлида катта хизматлари бор. Ҳакимжон Турсунов жуда ёшлигидан бошлаб бадиий ижод билан шуғулланиб келди. Туман ва вилоят адабий муҳитида ўз ўрни бор қаламкаш сифатида турли тадбирларда фаол қатнашди. Шеър ва ғазаллари республика, вилоят ва туман матбуотида мунтазам эълон қилиб келинган, хонандалар томонидан куйга солиб ижро этилган. Матбаачиликни ривожлантиришдаги ташкилотчилиги «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун» медали ва «СССР матбаа аълочиси» нишонлари билан тақдирланган. Ҳакимжон Турсунов «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.