UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

HAMIDJON TURAEVҲАМИДЖОН ТУРАЕВ

24. 01. 1924 — Qayqi qishloq24. 01. 1924 — Қайқи қишлоқ

ҲАМИДЖОН ТУРАЕВ
(24. 01. 1924 — Qayqi qishloq) — O‘zbekistonda xizmat kursatgan iqtisodchi, 1940-41 yillarda «Stalinchi» jamoa xo‘jaligida tabelchi, 1942-43 yillarda harbiy xizmatda, urush qatnashchisi, so‘ngra «Stalinchi» jamoa xo‘jaligida kotib, bosh tabelchi, hisobchi yordamchisi (1942-45), Voroshilov nomli jamoa xo‘jaligida, Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida bosh hisobchi-iqtisodchi (1946-71), Qayqi qishloq sho‘rosining raisi (1971-86), Uchqo‘rg‘on tuman Dosaaf tashkilotida hisobchi (1987-88) vazifalarida ishlagan. II darajali «Ulug‘ Vatan urushi» ordeni, O‘zbekiston respublikasi «Jasorat» medali va boshqalar ko‘plab mukofotlar sohibi. Hamidjon Turaev Ulug‘ Vatan urushi va undan keyingi yillarda jamoa xo‘jaliklarining iqtisodiy taraqqiyoti, moliyaviy-iqtisodiy asosni joriy qilish va rivojlantirish sohasida uzoq yil sidqidildan mehnat qilgan.
(24. 01. 1924 — Қайқи қишлоқ) — Ўзбекистонда хизмат курсатган иқтисодчи, 1940-41 йилларда «Сталинчи» жамоа хўжалигида табелчи, 1942-43 йилларда ҳарбий хизматда, уруш қатнашчиси, сўнгра «Сталинчи» жамоа хўжалигида котиб, бош табелчи, ҳисобчи ёрдамчиси (1942-45), Ворошилов номли жамоа хўжалигида, Охунбобоев номли жамоа хўжалигида бош ҳисобчи-иқтисодчи (1946-71), Қайқи қишлоқ шўросининг раиси (1971-86), Учқўрғон туман Досааф ташкилотида ҳисобчи (1987-88) вазифаларида ишлаган. II даражали «Улуғ Ватан уруши» ордени, Ўзбекистон республикаси «Жасорат» медали ва бошқалар кўплаб мукофотлар соҳиби. Ҳамиджон Тураев Улуғ Ватан уруши ва ундан кейинги йилларда жамоа хўжаликларининг иқтисодий тараққиёти, молиявий-иқтисодий асосни жорий қилиш ва ривожлантириш соҳасида узоқ йил сидқидилдан меҳнат қилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.