Arxiv materiali
Uchqo’rg’on nomini kelib chiqishi.
Uchqo‘rg‘on nomining kelib
chiqishi haqida xalq orasida turli rivoyatlar saqlanib qolgan. Men ham bu
hikoyani bir kishidan emas, bir necha insonlardan eshitganman. Ehtimol, bu
mavzu haqida bundan ham batafsilroq ma’lumotga ega yurtdoshlarimiz bordir. Agar
shunday bo‘lsa, bilganlaringizni qog‘ozga tushirib yoki kompyuterda yozib
adminga taqdim etsangiz, bu kelajak avlod uchun qimmatli tarixiy esdalik bo‘lib
xizmat qiladi.
Rivoyatga
ko‘ra, qadim zamonlarda daryo yoyilib, suv oqimi biroz sekinlashadigan hudud
yaqinida uchta qo‘rg‘on bo‘lgan. Ulardan bittasi daryoning chap tomonida,
ikkitasi esa o‘ng tomonida joylashgan ekan. Bu yerda “qo‘rg‘on” deganda atrofi
devor bilan o‘ralgan katta qal’a emas, balki bir-biriga yaqin joylashgan 10–15
ta uydan iborat kichik manzilgoh tushunilgan.
Qo‘rg‘onlarning tog‘ va adirliklar tugab, tekisliklar boshlanadigan, shu
bilan birga daryoga yaqin hududda joylashgani bu yerlarda dehqonchilikning
rivojlanishiga qulay sharoit yaratgan. Mahalliy aholi past-baland yerlarda
chorvachilik bilan shug‘ullangan, suvga yaqin tekis maydonlarda esa
dehqonchilikni rivojlantirgan.
Daryoning suv oqimi pasaygan joylarida odamlar bir qirg‘oqdan ikkinchi
qirg‘oqqa sim tortib, solda o‘zlari hamda yuklarini olib o‘tishgan. Bu esa
mazkur hududning nafaqat yashash, balki qatnov va savdo uchun ham qulay joy
bo‘lganini ko‘rsatadi.
Qo‘rg‘onlar yaqinidan hududlarni bir-biri bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l
o‘tgani sababli, bu yerda temirchilik va hunarmandchilik ham rivoj topgan.
Dehqonchilikda yetishtirilgan paxtani qayta ishlash sexlari mavjud bo‘lgan. Shu
sexlar uchun uskunalar tayyorlash, dehqonchilik qurollarini yasash va kundalik
ehtiyoj uchun buyumlar ishlab chiqarish natijasida temirchilik ancha taraqqiy
etgan. Hunarmandlar tayyorlagan asbob-uskunalar, paxtadan yigirilgan ip va gazlamalarni
ushbu hududdan o‘tgan karvon savdogarlari sotib olib, boshqa yurtlarga olib
borib sotishgan.
Aytishlaricha, yo‘lga chiqqan kishilardan: “Qayerga ketyapsan?” yoki
“Qayerdan o‘tasan?” deb so‘ralganda, ular: “Uch qo‘rg‘on tomondan”, deb javob
berishgan. Bora-bora ana shu ibora joy nomiga aylanib, hudud “Uchqo‘rg‘on” deb
atalgan.
Vaqt o‘tishi bilan aholi soni ko‘payib, turar joylar va binolar kengayib
borgan. Natijada qadimgi qo‘rg‘onlarning aniq izlari asta-sekin bilinmay
ketgan.
Keyinchalik O‘rta Osiyo hududlari Sovet Ittifoqi tarkibiga qo‘shilib,
respublikalar chegaralari qaytadan belgilangan davrda, rivoyat qilinishicha,
o‘sha uch qo‘rg‘ondan biri Qirg‘iziston hududida qolib ketgan.
Shu sababli Uchqo‘rg‘on nomi nafaqat geografik
atama, balki bu hududning qadimiy hayoti, yashash tarzi, dehqonchiligi,
hunarmandchiligi va savdo yo‘llari bilan chambarchas bog‘liq tarixiy xotira
sifatida ham qadrli hisoblanadi.