UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ABDURAHMON SAMIEVАБДУРАҲМОН САМИЕВ

15. 04. 1939, Uchqo‘rg‘on shahri15. 04. 1939, Учқўрғон шаҳри

АБДУРАҲМОН САМИЕВ
(15. 04. 1939, Uchqo‘rg‘on shahri) — savdo iqtisodchisi, tuman matlubot xizmati tashkilotchilaridan, savdo a’lochisi. Tuman matlubot jamiyatida sotuvchi (1958-60), hisobchi (1960-62), boshqaruv raisi o‘rinbosari (1967-74), rais (1976-81), plan iqtisod texnikumida o‘qituvchi (1974-76 va 1984-92), davlat qurilish banki tuman bo‘limi tarmog‘ining boshlig‘i (1982-84) vazifalarida ishlagan. 1992 yildan Uchqo‘rg‘on shahri moliya bo‘limida bosh iqtisodchi. «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatgani uchun» medali va faxriy yorliqlarga sazovor bo‘lgan. Abdurahmon Samiev 1966-74 yillarda tuman matlubot jamiyati qoshida 6 oylik kurslar tashkil etib, 300 ga yaqin sotuvchi, 120 oshpaz va novvoy tayyorlagan, tashabbuskor tashkilotchi va mohir ustozdir. Tuman matlubot jamiyatiga qarashli savdo shoxobchalari xizmatini rivojlantirish bo‘yicha ham qator tashabbuslar bilan chiqqan, vodiy va respublika miqyosidagi savdo xodimlari seminarlarining (1966, 1972) tashkilotchisi bo‘lgan. U rahbarlik qilgan yillari tuman matlubot jamiyati «Qayqiobod» va «Andijon» jamoa xo‘jaliklaridan 100 ga er olib, bog‘, tovuqxona, molxona kabi yordamchi xo‘jaliklar tashkil etilgan.
(15. 04. 1939, Учқўрғон шаҳри) — савдо иқтисодчиси, туман матлубот хизмати ташкилотчиларидан, савдо аълочиси. Туман матлубот жамиятида сотувчи (1958-60), ҳисобчи (1960-62), бошқарув раиси ўринбосари (1967-74), раис (1976-81), план иқтисод техникумида ўқитувчи (1974-76 ва 1984-92), давлат қурилиш банки туман бўлими тармоғининг бошлиғи (1982-84) вазифаларида ишлаган. 1992 йилдан Учқўрғон шаҳри молия бўлимида бош иқтисодчи. «Меҳнатда ўрнак кўрсатгани учун» медали ва фахрий ёрлиқларга сазовор бўлган. Абдураҳмон Самиев 1966-74 йилларда туман матлубот жамияти қошида 6 ойлик курслар ташкил этиб, 300 га яқин сотувчи, 120 ошпаз ва новвой тайёрлаган, ташаббускор ташкилотчи ва моҳир устоздир. Туман матлубот жамиятига қарашли савдо шохобчалари хизматини ривожлантириш бўйича ҳам қатор ташаббуслар билан чиққан, водий ва республика миқёсидаги савдо ходимлари семинарларининг (1966, 1972) ташкилотчиси бўлган. У раҳбарлик қилган йиллари туман матлубот жамияти «Қайқиобод» ва «Андижон» жамоа хўжаликларидан 100 га ер олиб, боғ, товуқхона, молхона каби ёрдамчи хўжаликлар ташкил этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.