UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ABDURAHMON USMONOVАБДУРАҲМОН УСМОНОВ

15. 03. 1934 — 11. 05. 1992, Uchqo‘rg‘on15. 03. 1934 — 11. 05. 1992, Учқўрғон

АБДУРАҲМОН УСМОНОВ
(15. 03. 1934 — 11. 05. 1992, Uchqo‘rg‘on) — injener-gidrotexnik. Uchqo‘rg‘on tumani kommunistik firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1958-59), tuman ko‘kalamzorlashtirish boshqarmasida muhandis (1959-61), tuman firqa qo‘mitasida tashkiliy bo‘lim boshlig‘i (1961-63), Uchqo‘rg‘on ishlab chiqarish boshqarmasi davlat nazorat qo‘mitasi raisi (1963-66), tuman xalq nazorati qo‘mitasi boshlig‘i (1966-73), Norin tumani firqa qo‘mitasining 2-kotibi (1973-83), tumanlararo kanallar boshqarmasi boshlig‘i (1983-86), suv xo‘jaligi boshqarmasida boshliq muovini (1986-91). «Hurmat belgisi» ordenlari (1971, 1973), medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Abdurahmon Usmonov qanday vazifada ishlamasin, o‘z burchini sidqidildan bajarishga intilgan, izlanuvchan, tashabbuskor xodim sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan edi. «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(15. 03. 1934 — 11. 05. 1992, Учқўрғон) — инженер-гидротехник. Учқўрғон тумани коммунистик фирқа қўмитасида йўриқчи (1958-59), туман кўкаламзорлаштириш бошқармасида муҳандис (1959-61), туман фирқа қўмитасида ташкилий бўлим бошлиғи (1961-63), Учқўрғон ишлаб чиқариш бошқармаси давлат назорат қўмитаси раиси (1963-66), туман халқ назорати қўмитаси бошлиғи (1966-73), Норин тумани фирқа қўмитасининг 2-котиби (1973-83), туманлараро каналлар бошқармаси бошлиғи (1983-86), сув хўжалиги бошқармасида бошлиқ муовини (1986-91). «Ҳурмат белгиси» орденлари (1971, 1973), медал ва фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Абдураҳмон Усмонов қандай вазифада ишламасин, ўз бурчини сидқидилдан бажаришга интилган, изланувчан, ташаббускор ходим сифатида эл-юрт ҳурматига сазовор бўлган эди. «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.