ABDUSALOM ABDULLAEVАБДУСАЛОМ АБДУЛЛАЕВ
01. 05. 1928 — 01. 03. 1993, Uchqo‘rg‘on shahri01. 05. 1928 — 01. 03. 1993, Учқўрғон шаҳри
(01. 05. 1928 — 01. 03. 1993, Uchqo‘rg‘on shahri) — muallim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1964). Oxunboboev nomli 1-maktabda o‘qituvchi, direktor (1951-68, 1988-1992), tuman xalq maorifi bo‘limi mudiri. Abdusalom Abdullaev xalq maorifi tizimiga 20 yil etakchilik qilgan. Bu sohaning rivoji ko‘p jihatdan uning nomi bilan bog‘liq. Tashabbuskor va tajribali rahbar boshchiligida tumanda ko‘plab yangi o‘quv muassasalari qurib ishga tushirilgan, ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlangan. O‘qituvchilar safi malakali yoshlar hisobiga kengaygan. Uchqo‘rg‘onlik muallimlarning ko‘pchilik qismi Abdusalom Abdullaevni o‘zlariga ustoz deb biladilar. Uning ko‘p yillik xizmatlari «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni, Qori Niyoziy nomli va boshqa medallar bilan, O‘zbekiston va sobiq ittifoq xalq maorifi a’lochisi unvonlari bilan taqdirlangan, «Tirikmozor»ga dafn etilgan.
(01. 05. 1928 — 01. 03. 1993, Учқўрғон шаҳри) — муаллим, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ўқитувчи (1964). Охунбобоев номли 1-мактабда ўқитувчи, директор (1951-68, 1988-1992), туман халқ маорифи бўлими мудири. Абдусалом Абдуллаев халқ маорифи тизимига 20 йил етакчилик қилган. Бу соҳанинг ривожи кўп жиҳатдан унинг номи билан боғлиқ. Ташаббускор ва тажрибали раҳбар бошчилигида туманда кўплаб янги ўқув муассасалари қуриб ишга туширилган, уларнинг моддий-техника базаси мустаҳкамланган. Ўқитувчилар сафи малакали ёшлар ҳисобига кенгайган. Учқўрғонлик муаллимларнинг кўпчилик қисми Абдусалом Абдуллаевни ўзларига устоз деб биладилар. Унинг кўп йиллик хизматлари «Меҳнат Қизил Байроқ» ордени, Қори Ниёзий номли ва бошқа медаллар билан, Ўзбекистон ва собиқ иттифоқ халқ маорифи аълочиси унвонлари билан тақдирланган, «Тирикмозор»га дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.