UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ABDUSALOM AHMEDOVАБДУСАЛОМ АҲМЕДОВ

01. 07. 1931, Uchqo‘rg‘on shahri01. 07. 1931, Учқўрғон шаҳри

АБДУСАЛОМ АҲМЕДОВ
(01. 07. 1931, Uchqo‘rg‘on shahri) — hisobchi-iqtisodchi, agronom. Telman nomli jamoa xo‘jaligida kotib (1944-49), sobiq «Qizil kuch», «Kommunizm» jamoa xo‘jaliklarida hisobchi, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida yo‘riqchi-hisobchi (1949-51, 1952-53), «Andijon» jamoa xo‘jaligida bosh hisobchi (1951-52), tuman komsomol qo‘mitasida tashkiliy bo‘lim mudiri, 2- va 1-kotib (1953-59), yo‘riqchi (1959-63), targ‘ibot bo‘limining mudiri muovini, mudiri (1965-72), viloyat firqa qo‘mitasi yo‘riqchisi (1972), Norin tumani ijroqo‘mi raisi o‘rinbosari (1973), Uchqo‘rg‘on tumani xalq nazorati qo‘mitasi raisi (1973-92), tuman hokimining yurist-maslahatchisi (1993), «Ekosan» jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari (1994 yildan) vazifalarida ishlagan. «Hurmat belgisi» ordeni, bir necha medal, faxriy yorliq va nishonlar bilan mukofotlangan. Tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qurilish, savdo, aloqa va boshqa sohalarni rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan.
(01. 07. 1931, Учқўрғон шаҳри) — ҳисобчи-иқтисодчи, агроном. Телман номли жамоа хўжалигида котиб (1944-49), собиқ «Қизил куч», «Коммунизм» жамоа хўжаликларида ҳисобчи, туман қишлоқ хўжалиги бўлимида йўриқчи-ҳисобчи (1949-51, 1952-53), «Андижон» жамоа хўжалигида бош ҳисобчи (1951-52), туман комсомол қўмитасида ташкилий бўлим мудири, 2- ва 1-котиб (1953-59), йўриқчи (1959-63), тарғибот бўлимининг мудири муовини, мудири (1965-72), вилоят фирқа қўмитаси йўриқчиси (1972), Норин тумани ижроқўми раиси ўринбосари (1973), Учқўрғон тумани халқ назорати қўмитаси раиси (1973-92), туман ҳокимининг юрист-маслаҳатчиси (1993), «Экосан» жамғармаси туман бўлими раҳбари (1994 йилдан) вазифаларида ишлаган. «Ҳурмат белгиси» ордени, бир неча медал, фахрий ёрлиқ ва нишонлар билан мукофотланган. Туманда саноат, қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришни кўпайтириш, қурилиш, савдо, алоқа ва бошқа соҳаларни ривожлантиришда катта ҳисса қўшган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.