UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕
Qishloq

Qayqi qishlog‘iҚайқи қишлоғи

Tarixi

Qayqi qishog‘i nafaqat Uchqo‘rg‘on tumani, balki Namangan viloyatidagi eng katta qishloqlardan biri. Bu erdagi 11 ta mahallada 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq tarixi kamida ming yillik o‘tmishga borib taqalishi, uning Uchqo‘rg‘ondan ham qadimiy ekanligi aytiladi.
Qayqi aholisi mo‘ysafidlarini aytishlaricha, qishloq nomi kelib chiqishining turli taxminlari mavjud. Biriga ko‘ra, oldinlari bu erga Norin daryosidan qayiq yordamida o‘tishgan, shu bois “qayiqda boriladigan joy” deb nomlangan. Yana bir manbaga ko‘ra esa, daryoning ushbu hududga kelganida qayrilgan joyi bo‘lgan va bu qishloq uchun atama bo‘lib qolgan.
Қайқи қишоғи нафақат Учқўрғон тумани, балки Наманган вилоятидаги энг катта қишлоқлардан бири. Бу ердаги 11 та маҳаллада 30 мингдан ортиқ аҳоли истиқомат қилади. Қишлоқ тарихи камида минг йиллик ўтмишга бориб тақалиши, унинг Учқўрғондан ҳам қадимий эканлиги айтилади.
Қайқи аҳолиси мўйсафидларини айтишларича, қишлоқ номи келиб чиқишининг турли тахминлари мавжуд. Бирига кўра, олдинлари бу ерга Норин дарёсидан қайиқ ёрдамида ўтишган, шу боис “қайиқда бориладиган жой” деб номланган. Яна бир манбага кўра эса, дарёнинг ушбу ҳудудга келганида қайрилган жойи бўлган ва бу қишлоқ учун атама бўлиб қолган.

Fikr va xotiralar

Bu joy haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.