UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

AKROM AZIMOVАКРОМ АЗИМОВ

1915, Qirg‘iziston, O‘zgan shahri1915, Қирғизистон, Ўзган шаҳри

АКРОМ АЗИМОВ
(1915, Qirg‘iziston, O‘zgan shahri) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor. 1933-34 yillarda sobiq «Qizil oktyabr» jamoa xo‘jaligida omborchi va g‘aznachi, 1934-36 yillarda O‘zgan maktablarining birida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1942 yilda Toshkent tibbiyot institutini bitirgach, 1943 yildan fashizmga qarshi urushda qatnashadi. Urushdan keyin asosan Qo‘g‘ay kasalxonasida bosh hakim bo‘lib xizmat qildi (1946-75). Frontdagi jasoratlari «Ulug‘ Vatan urushi» ordeni va medallari, el omonligini saqlash, o‘zi rahbarlik qilgan kasalxonani kengaytirish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ko‘plab hakimlarga ustozlik qilgani va boshqa xizmatlari uchun «Oktyabr inqilobi», Mehnat qizil bayroq ordenlari, medallar, O‘zbekiston Oliy Kengashi faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
(1915, Қирғизистон, Ўзган шаҳри) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган шифокор. 1933-34 йилларда собиқ «Қизил октябр» жамоа хўжалигида омборчи ва ғазначи, 1934-36 йилларда Ўзган мактабларининг бирида ўқитувчи бўлиб ишлади. 1942 йилда Тошкент тиббиёт институтини битиргач, 1943 йилдан фашизмга қарши урушда қатнашади. Урушдан кейин асосан Қўғай касалхонасида бош ҳаким бўлиб хизмат қилди (1946-75). Фронтдаги жасоратлари «Улуғ Ватан уруши» ордени ва медаллари, эл омонлигини сақлаш, ўзи раҳбарлик қилган касалхонани кенгайтириш, замонавий ускуналар билан жиҳозлаш ва кўплаб ҳакимларга устозлик қилгани ва бошқа хизматлари учун «Октябр инқилоби», Меҳнат қизил байроқ орденлари, медаллар, Ўзбекистон Олий Кенгаши фахрий ёрлиқлари билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.