UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

AHMADALI BO‘RIBOEVАҲМАДАЛИ БЎРИБОЕВ

15. 01. 1921, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, G‘alcha qishlog‘i — 08. 08. 1989, Kattamo‘g‘ul15. 01. 1921, Фарғона вилояти, Бешариқ тумани, Ғалча қишлоғи — 08. 08. 1989, Каттамўғул

АҲМАДАЛИ БЎРИБОЕВ
(15. 01. 1921, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, G‘alcha qishlog‘i — 08. 08. 1989, Kattamo‘g‘ul) — hisobchi, agronom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor. 1948 yildan Budyonniy nomli jamoa xo‘jaligida agronom, boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan. «Mehnat Qizil Bayroq» (2 marta), «Hurmat belgisi» ordeni va boshqa medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Usta paxtakor, jamoa xo‘jaligi iqtisodi va a’zolarining ijtimoiy ahvolini mustahkamlashda uzoq yil samarali mehnat qilgan mohir tashkilotchi. «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(15. 01. 1921, Фарғона вилояти, Бешариқ тумани, Ғалча қишлоғи — 08. 08. 1989, Каттамўғул) — ҳисобчи, агроном, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор. 1948 йилдан Будённий номли жамоа хўжалигида агроном, бошқарув раиси бўлиб ишлаган. «Меҳнат Қизил Байроқ» (2 марта), «Ҳурмат белгиси» ордени ва бошқа медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Уста пахтакор, жамоа хўжалиги иқтисоди ва аъзоларининг ижтимоий аҳволини мустаҳкамлашда узоқ йил самарали меҳнат қилган моҳир ташкилотчи. «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.